Chorieva Dilbar Mengdabilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishni sudga qadar yuritishda himoyachi huquqlarini kengaytirish masalalari», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu315.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xolmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritishda himoyachi huquqlarini amalga oshirishdagi muammolarni o‘rganish, tadqiq etish, uning protsessual maqomini tahlil etish va shu asosda himoyachi huquqlarini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar olish faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi lozimligi asoslangan;
shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligi asoslantirilgan;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlarni ko‘rib chiqishda himoyachi ishtirok etishi shartligi asoslangan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda himoyachi ishtirok etishi shartligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishni sudga qadar yuritishda himoyachi huquqlarini kengaytirishni tadqiq etish natijalari asosida:
gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar olishni faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirish haqidagi taklif “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ–675-sonli Qonunining 2-modda birinchi qismi ikkinchi bandining uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 17 martdagi 06/1-05/1202-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif gumon qilinuvchi va ayblanuvchi huquq va qonuniy manfaatlarining himoyachi tomonidan tergovga qadar tekshiruv bosqichidayoq ta’minlanishiga hamda ularga nisbatan bosim o‘tkazish, zo‘rlik va qiynoq ishlatilishining oldini olishga xizmat qilgan;
shaxs amalda ushlangan vaqtdan boshlab uning himoyachiga ega bo‘lishi shartligi haqidagi taklif “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ–675-sonli Qonunining 2-modda birinchi qismi to‘rtinchi bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 17 martdagi 06/1-05/1202-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ushlab turishning aniq muddatini belgilashga va jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning himoya huquqi qachondan boshlab ta’minlanishining aniqlanishiga xizmat qilgan;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlarni ko‘rib chiqishda himoyachi ishtirok etishi shartligini belgilash to‘g‘risidagi taklifdan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ–675-sonli Qonunining 2-modda birinchi qismi beshinchi bandining uchinchi xatboshisida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 17 martdagi 06/1-05/1202-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif himoyachi huquqlarining kengayishiga xizmat qilgan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda himoyachi ishtirok etishi shartligini belgilash to‘g‘risidagi taklifdan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ–675-sonli Qonunining 2-modda birinchi qismi beshinchi bandining to‘rtinchi xatboshisida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 17 martdagi 06/1-05/1202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jinoyat ishlarini yuritishda himoyachi maqomining oshishiga xizmat qilgan.