Tashpulatov Giyos Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingi baholanishini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt981.
Ilmiy rahbar: Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, Dsc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalanishi sharoitida baholovchi tashkilotlar reytingi baholanishi va renkingi aniqlanishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baholovchi tashkilotlar milliy reytingini baholashda qo‘llaniluvchi sifatiy va miqdoriy indekslarning moliya va kredit tizimi omili ta’sirida bir-biriga aylanishi xossasi va o‘zaro ekvivalent kategoriyalar ekanligi asoslab berilgan;
baholovchi tashkilot faoliyatining holatini ekvivalent ifodalovchi va umumiy reytingi ko‘rsatkichini tashkil qiluvchi sifatiy (nomoliyaviy) va miqdoriy (moliyaviy) indeks ko‘rsatkichlari va ularning aniq miqdorlarini ilk bora hisoblab topish metodikasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar faoliyati muvaffaqiyatliligini sifatiy, miqdoriy va kompleks reyting indekslari bo‘yicha baholangan renking natijalarini xalqaro reyting agentliklari shkalalariga muvofiqlashtirilgan aniq intervaldagi sonlardan foydalanuvchi milliy universal o‘tish (kross) reyting shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning [1; 10] intervali oraliqdagi sonlari investision, [11; 21] interval oraliqdagi sonlar spekulyativ, [22- 25; -n] oraliqdagi sonlar defolt sinflarga bo‘lingan;
baholovchi tashkilot reytingi va renkingini baholashda uning faoliyati holatini ekvivalent ifodalovchi uchta variantli – 1) sifatiy indeks, 2) miqdoriy indeks, 3) ularning vazn koeffisientlari ko‘paytmasini hisobga oluvchi yig‘indi shaklidagi mezonga asoslangan – yondashuvni raqamlashtirish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingi baholanishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:baholovchi tashkilotlar milliy reytingini baholashda qo‘llaniluvchi sifatiy va miqdoriy indekslarning moliya va kredit tizimi omili ta’sirida bir-biriga aylanishi xossasi va o‘zaro ekvivalent kategoriyalar ekanligi asoslab berilganligiga oid taklif “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbektelekom” AJ faoliyatlarida qo‘llanilgan, O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi faoliyatlarida qo‘llanilishi tavsiya etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 5 maydagi 22-1681-son, “O‘zbektelekom” AJning(2021 yil 1 iyundagi 27-05-26/2389-son hamda O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi 2021 yil 30 iyundagi 41/06-21-son ma’lumotnomalari). Taklifni qo‘llash natijasida reyting agentliklar tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifatiy va miqdoriy indekslar asosida tizimli tahlil qilish natijalarining ekvivalentiligi asosida metodik nuqtai nazardan farqi 0% darajaga tushirgan;
baholovchi tashkilot faoliyatining holatini ekvivalent ifodalovchi va umumiy reytingi ko‘rsatkichini tashkil qiluvchi sifatiy (nomoliyaviy) va miqdoriy (moliyaviy) indeks ko‘rsatkichlari va ularning aniq miqdorlarini ilk bora hisoblab topish metodikasi ishlab chiqilganligiga oid taklif “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbektelekom” AJ, faoliyatlarida qo‘llanilgan, O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi faoliyatida qo‘llanilishi tavsiya etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 5 maydagi 22-1681-son, “O‘zbektelekom” AJning 2021 yil 1 iyundagi 27-05-26/2389-son hamda O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2021 yil 30 iyundagi 41/06-21-son ma’lumotnomalari).Taklifni qo‘llash natijasida ishlab chiqilgan metodologiya asosida baholovchi tashkilotlar reyting va renking baholarini joriy qilish mamlakatimiz mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining transparentlilik darajasini 100 foizga etkazish va baholovchi tashkilotlar raqobatdorligini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar faoliyati muvaffaqiyatliligini sifatiy, miqdoriy va kompleks reyting indekslari bo‘yicha baholangan renking natijalarini xalqaro reyting agentliklari shkalalariga muvofiqlashtirilgan aniq intervaldagi sonlardan foydalanuvchi milliy universal o‘tish (kross) reyting shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning [1; 10] intervali oraliqdagi sonlari investision, [11; 21] interval oraliqdagi sonlar spekulyativ, [22- 25; -n] oraliqdagi sonlar defolt sinflarga bo‘linganligiga oid taklif “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbektelekom” AJ faoliyatlarida qo‘llanilgan, O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi faoliyatlarida qo‘llanilishi tavsiya etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 5 maydagi 22-1681-son, “O‘zbektelekom” AJning 2021 yil 1 iyundagi 27-05-26/2389-son hamda O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2021 yil 30 iyundagi 41/06-21-son ma’lumotnomalari). Taklifni qo‘llash natijasida Rossiyadagi va O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini qiyosiy solishtirish asosida mamlakatimizning kuchli baholovchi tashkilotlarining reyting va renking baholari bo‘yicha transparentlilik, ishonchlilik va raqobatdorlik potensiali tahminan 50 (ellik) foizga pastligi aniqlangan;
baholovchi tashkilot reytingi va renkingini baholashda uning faoliyati holatini ekvivalent ifodalovchi uchta variantli – 1) sifatiy indeks, 2) miqdoriy indeks, 3) ularning vazn koeffisientlari ko‘paytmasini hisobga oluvchi yig‘indi shaklidagi mezonga asoslangan – yondashuvni raqamlashtirish tizimi ishlab chiqilganligiga oid taklif “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbektelekom” AJ, faoliyatlarida qo‘llanilgan, O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi faoliyatlarida qo‘llanilishi tavsiya etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 5 maydagi 22-1681-son, “O‘zbektelekom” AJning 2021 yil 1 iyundagi 27-05-26/2389-son hamda O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2021 yil 30 iyundagi 41/06-21-son ma’lumotnomalari). Taklifni qo‘llash natijasida raqamli format modelida baholovchi tashkilotlar holati reytingini tahliliy prognoz qilish va baholash reyting agentliklar faoliyati tezkorligini kamida 3 (uch) barobarga oshirishi aniqlangan.