Zokirova Moxidilxon Suvanxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysi ninachilari (Insecta: Odonata) faunasi, morfo-ekologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V395.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Boqijon Alimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Sadulla Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Zuxra Yuldashevna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi odonatofaunasi tur tarkibini sistematik va muhim turlarning morfoekologiyasini asoslash, geografik tarqalish xususiyatlarini ochib berish hamda kamyob turlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida uchrovchi ninachilar faunasining 2 ta kenja turkum, 6 ta oila, 12 ta avlodga mansub bo‘lgan 20 ta ninachi turlari aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston entomofaunasi uchun yangi bo‘lgan 5 ninachi turi (Iscnura pumilio, Ophiogomphus cecilia, Sympetrum meridionale, Libellula quadrimaculata va Orthetrum sabina) aniqlangan;
Farg‘ona vodiysidagi turli geografik (vertikal) mintaqalarda tarqalgan ayrim ninachi turlari populyasiyalarini morfometrik farqlanishi aniqlanib biometrik usulda isbotlangan;
Markaziy Osiyoda tarqalgan muhim ninachi turlarining bioekologiyasi asoslangan;
Farg‘ona vodiysining odonatofaunasi tur tarkibi, turli xil geografik iqlim mintaqasi bo‘yicha turlarni tarqalish xususiyatlari ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan noyob ninachi turlarini muhofaza etish yuzasidan ilmiy amaliy - tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi ninachilari faunasi va morfo-ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi hududida tarqalgan Zygoptera va Anisoptera kenja turkumlariga mansub Calopterygidae, Lestidae, Coenagrigonidae, Gomphydae, Aeshchnidae, Libellulidae oilalarining 20 turga mansub ninachilarni - total preparat namunalari Respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya instituti kolleksiyasi” fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 dekabrdagi 4/1255-2977-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar hasharotlar kolleksiyasi fondini boyitgan va tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlillar o‘tkazish va landshaftlar bo‘yicha taqsimlanishni tahlil etish hamda interfaol atlaslar tayorlash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi odonatofaunasi lichinkalari suvda suzuvchi qushlar va baliqchilik ho‘jaliklarida ko‘pgina baliqlar uchun qimmatli ozuqa hisoblanib, bu bo‘yicha asoslangan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02-10-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysining qator tumanlarida agrotsenoz va tabiy ekotizimlar biologik xilma - xilligini monitoring qilish va undan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.