Sultonov Ilhomjon Islom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda asosiy terapevtik agentlarga farmakologik javobning genetik prediktorlari» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2181.
Ilmiy raxbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi revmatoid artritda asosiy terapevtik agentlarga farmakologik javobning genetik prediktorlari aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritli bemorlarda immunitetning CD8+, CD16+, CD20+ va CD23+ hujayralar sonining ishonarli darajada ortishi va CD3+, CD4+ va IgG ko‘rsatkichlari miqdorining pasayishiga bevosita bog‘liq immunologik disbalans aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida revmatoid artritli kasallarda va ushbu patologiyaga moyilligi bo‘lganlarda MDR1 va MTHFR genlar polimorf varianti assotsiatsiyasi kasallik bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi revmatoid artrit kasallarida kasallik rivojlanishi MDR1 geni C3435T (rs1045642) polimorfizmi T alleli va CT + TT genotiplarining kombinatsiyasiga bog‘liqligi, MTHFR genidagi C677T polimorfizmiga bog‘liq emasligi isbotlangan;
ilk bor seropozitiv revmatoid artrit bo‘lgan bemorlarda seronegativ bemorlarga nisbatan MDR1 + 3435TT genotiplari chastotasining ortishi va MDR1 + 3435CC genotiplarining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritda asosiy terapevtik agentlarga farmakologik javobning genetik prediktorlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek populyasiyasida revmatoid artritni rivojlanish xavfining genetik markerlarini (MDR1 va MTHFR) aniqlash asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artritga genetik moyillik: MDR1 va MTHFR genlarining roli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/353-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi revmatoid artritning yuqori xavfi mavjud guruhlarni aniqlash, samarali profilaktika choralarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
genetik prediktorlarini aniqlash asosida farmakoterapevtik aralashuvni tanlash va davo usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Revmatoid artritni davolashning zamonaviy strategiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/353-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi revmatoid artrit genetik markerlarini aniqlash o‘z vaqtida bazis terapiyani tanlashda va shaxsiylashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
revmatoid artritda asosiy terapevtik agentlarga farmakologik javobning genetik prediktorlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand shahar “Islom ota” xususiy klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17926-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi revmatoid artritda asosiy terapevtik agentlarga farmakologik javobning genetik prediktorlarini aniqlash va o‘z vaqtida shaxsiylashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali terapiya samaradorligini oshirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga xamda bemorlarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.