Shukurov O‘rol Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiyada limfa tugunlarning morfologik va morfometrik o‘zgarishlari» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib944.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori; Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiyada traxeobronxial va mezenterial limfa tugunlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
somatik kasalliklardan vafot etgan ayollar traxeobronxial va mezenterial limfa tugunlarining parenximasi, limfoid follikulalari giperplaziyalanishi, parakortikal maydon kengayishi, mag‘iz qavat sinuslari kengayishi, yumshoq tasmalari hujayralarga boyishi bilan, limfa tugunning reaktiv faollashuvi kuchayishi asoslangan; 
preeklampsiyaning har xil davrlaridan vafot etgan ayollar traxeobronxial va mezenterial soxa limfa tugunlari yumshoq tasmalari zichlashishi, zaharlanishga qarshi gistiotsitar va retikulyar biriktiruvchi to‘qima hujayralarining proliferatsiyalanishining ko‘payish drajasi somatik kasalliklarga nisbatan ortishi bilan, limfa tugunning bar`er-fil`tratsiya va detoksikatsiya vazifasi kuchayishining o‘ziga xosligi isbotlangan;
preeklampsiyaning har xil davrlaridan vafot etgan ayollar traxeobronxial va mezenterial soha limfa tugunlar to‘qima tuzilmalarining SD45 antigenlar va Ki67 antigenlari  o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan; 
limfa tugunning immunopoetik faoliyatini belgilaydigan follikulyar koeffisient preeklampsiyada mezenterial limfa tugunda 0,0038, traxeobronxialda 0,0021 gacha tushib ketishi, germinativ-follikulyar indeks 73,9 va 78,9 ni tashkil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Preeklampsiyada  limfa tugunlarning morfologik va morfometrik o‘zgarishini morfologik tuzilishning o‘ziga xosligini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
preeklampsiyada limfa tugunlaridagi patologik o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Preeklampsiyada limfa tugunlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 oktyabrdagi 8n-r/1012-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasallikni erta tashxislash, oldini olish, davolashning yangi tartibini ishlab chiqish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
preeklampsiyada limfa tugunlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini samarali tashxislash asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Toshkent shahar bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi 08-09/18864-son ma’lumotnomasi). Natijada, preeklampsiyada limfa tugunlaridagi patologik o‘zgarishlarini erta tashxislash, ya’ni barcha morfofunksional maydonlardagi o‘ziga xos morfologik o‘zgarishlar, limfa tugunning bar`er-fil`tratsiya va detoksikatsiya vazifasi kuchayishini ko‘rsatadigan morfologik o‘zgarishlarni yoritish orqali kasallikni oldini olish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish