Axmedov Ergash Kuldashevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi va uning oldini olish omillari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal359.
Ilmiy rahbar: Otamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlar doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidini asoslash va uning oldini olish omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
missionerlik harakati ma’naviy tahdid sifatida ko‘rib chiqilgan va uning milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi ochib berilgan, ushbu harakatning tub negizlarini tashkil etuvchi omillar (siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy) asoslanib, uning funksional maqomi aniqlangan;
missionerlik tashkilotlari faoliyatining strategiyasi va taktikasi, insonlarga ta’sir ko‘rsatishda faol qo‘llaydigan usullari (sevgi bombardimoni, miyani yuvish, xulq-atvorni o‘zgartirish, ommaviy ongni boshqarish, madaniyatga moslashish, muloqot-missiya, ijtimoiy tadbirlar, o‘zini o‘zi ta’minlash, uyma-uy yurib «xushxabar» etkazish, «do‘stlik xushxabari», «raqamli evangelizm») aniqlangan hamda milliy-ma’naviy hayotga tahdid shakllari (bevosita va bilvosita) asoslangan; 
diniy sektalarga yoshlarni jalb qilish sabablari (mafkuraviy immuniteti pastligi, hayotiy tajribasi kamligi va ishonuvchanligi, kelajak egalari aynan yoshlar ekanligi) va oqibatlari (fikrlash qobiliyatining pasayishi, psixologik rivojlanishning sekinlashishi, o‘zga dinlarga toqatsizlik, vatansizlik g‘oyasining kuchayishi, milliy qadriyatlarga hurmatsizlik, milliylikdan begonalashuv) aniqlangan, shuningdek, yoshlarni ma’nan qashshoqlashtiruvchi kuch sifatidagi mohiyati ochib berilgan;
globallashuv sharoitida missionerlik harakatining keng tarqalish omillari jamiyat ijtimoiy tuzilmasida ziddiyatlar keltirib chiqarish vositasiga aylanishi hamda ularning oldini olish imkoniyatlari  falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi va uning oldini olish omillariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi va ushbu harakatning tub negizlarini tashkil etuvchi omillar (siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy) hamda uning funksional maqomiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2020 yil 3 martdagi 1-son bayoniga 1-ilova «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturining III bob «Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, «ommaviy madaniyat» va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar» doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 6 yanvardagi 02/07-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning targ‘ibot, tashviqot, ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
missionerlik tashkilotlari faoliyatining strategiyasi va taktikasi, insonlarga ta’sir ko‘rsatishda faol qo‘llaydigan usullari (sevgi bombardimoni, miyani yuvish, xulq-atvorni o‘zgartirish, ommaviy ongni boshqarish, madaniyatga moslashish, muloqot-missiya, ijtimoiy tadbirlar, o‘zini o‘zi ta’minlash, uyma-uy yurib «xushxabar» etkazish, «do‘stlik xushxabari», «raqamli evangelizm») hamda milliy-ma’naviy hayotga nisbatan bevosita va bilvosita tahdid shakllariga doir nazariy xulosalardan «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurtining yoshlar bilan ma’rifiy va ma’naviy ishlarni takomillashtirishda foydalanilgan. Shuningdek, «Axborot va murabbiylik soatlari saboqlari» deb nomlangan «Axborot soatlari» va «Murabbiylik soati» mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlashda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 27 yanvardagi 234-son ma’lumotnomasi). Natijada bilim yurtining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligi yanada ortib, buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida yoshlarning xabardorlik darajasi oshgan;
diniy sektalarga yoshlarni jalb qilish sabablari (mafkuraviy immuniteti pastligi, hayotiy tajribasi kamligi va ishonuvchanligi, kelajak egalari aynan yoshlar ekanligi) va oqibatlari (fikrlash qobiliyatining pasayishi, psixologik rivojlanishning sekinlashishi, o‘zga dinlarga toqatsizlik, vatansizlik g‘oyasining kuchayishi, milliy qadriyatlarga hurmatsizlik, milliylikdan begonalashuv) hamda yoshlarni ma’nan qashshoqlashtiruvchi kuch sifatidagi mohiyatiga doir nazariy xulosalardan o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida «Dinshynoslik» va «Diniy ekstremizm va xalqapo terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari» fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-553-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda missionerlik harakati va diniy sektalar, ularning jamiyat hayotiga tahdid solishi hamda salbiy ta’sirining oqibatlari, ularga nisbatan mustaqil fikri shakllanib, missionerlik harakatining yovuz niyatlariga o‘zlarining erkin va xolis munosabatini bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan; 
globallashuv sharoitida missionerlik harakatining keng tarqalish omillari jamiyat ijtimoiy tuzilmasida ziddiyatlar keltirib chiqarish vositasiga aylanishi hamda ularning oldini olish imkoniyatlari  borasidagi xulosa, taklif va tavsiyalardan 2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 19 yanvardagi 14-07-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘mita xodimlarining bilim va ko‘nikmasi oshgan, shuningdek, millatlararo hamda konfessiyalararo munosabatlar sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmundorligini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish