Nafasov G‘anisher Abdurashidovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish » (13.00.01)- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD/Ped514
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy  kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kognitiv kompetensiyalari muayyan sotsial va shaxsiy-ahamiyatli sohada o‘quvchi faoliyati tajribasi bilan shartlangan qadriyatli-ma’noli yo‘nalganlik, bilim, ko‘nikma, malaka, qobiliyatlar shaxsiy xislatlari yig‘indisi reproduktiv hamda produktiv jarayonlarni fan mazmuniga singdirish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni motivatsiyaviy, axborotli, tezkorlik va baholovchi komponentlari mustaqil ta’limda kognitiv kompetensiyaning avtometodik tarkibi orqali edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi pedagogik omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyasi pedagogik, evristik masalalarning imitatsiyaviy, tuzilmaviy-funksional va integrativ-refleksiv turlarini mustaqil ta’lim texnologiyalari hamda ijodiy-intellektual topshiriqlar majmusini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyasini rivojlashtirish modeli refleksiv faoliyatli shakllarni identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlari bo‘yicha tashkiliy-pedagogik, funksional va faoliyatli yondashuv orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kognitiv kompetensiyaning motivatsiyaviy, axborotli, tezkorlik va baholovchi komponentlari orqali mustaqil ta’limda kognitiv kompetensiya avtometodik tarkibi asosida takomillashtirilgan edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga oid 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2463-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlariga mos kreativ topshiriq(modellashtiruvchi, kombinatorli)lar asosida takomillash-tirilgan; 
reproduktiv va produktiv metodlarni o‘zaro integrallashuvi asosida aniqlashtirilgan talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari (mustaqil oldindan ayta olish, mustaqil loyihalashtirish, mustaqil ta’lim)ga oid tavsiyalar «Matematika o‘qitish metodikasi» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2463-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlashning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan; 
evristik matematik masalalarning imitatsiyaviy, tuzilmaviy-funksional va integrativ-refleksiv turlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida rivojlantirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv kompetensiyasiga oid ishlab chiqilgan takliflar «5130100 – Matematika», «5110100-Matematika o‘qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga cingdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2463-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish acocida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatida shaxsiy refleksiv pozisiyasini oshirish asosida takomillashtirilgan kognitiv kompetensiyani rivojlashtirish modeliga oid takliflar «Matematika o‘qitish metodikasi» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2463-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarga matematika o‘qitish metodikaci fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari camaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish