Qarshiev Nasirdin Tirkashevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi); “O‘zbek tilining qorako‘lchilik terminologiyasi”, 10.00.01. O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil325.  
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03. 
Opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori; Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori.
Etakcha tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili terminologik sistemasidagi qorako‘lchilik terminlarining struktur, semantik, leksikografik xususiyatlarini aniqlash, mavzuiy guruhini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qorako‘lchilik terminlarining til tarixida, xalq shevalari va adabiy tilda shakllanishi, uning turli davrlardagi semantik, uslubiy va morfemik rivojlanish bosqichlari, terminologik vujudga kelishining jug‘rofiy-iqtisodiy, ijtimoiy, lisoniy va lingvopramatik  omillari ochib berilgan;
qorako‘lchilik leksikasining ideografik hamda izohli lug‘atini tuzish ko‘p komponent, o‘z va o‘zlashgan terminlarning lisoniy xususiyatlarini aks ettiruvchi leksik, semantik, leksikologik tamoyillar asosida dalillangan; 
qorako‘lchilik terminlarining   asosiy qismini turkiy tillarga xos o‘z qatlamga oid ekanligi (1955 tani tashkili etishi), 270 tasi o‘zlashma qatlamga tegishli ekanligi dalillanib, soha terminlarining asosiy qismi o‘zbek tiliga taalluqligi isbotlangan;
o‘zbek tilining qorako‘lchilik terminologiyasida lingvistik va lingvomadaniy parametrlari semantik, affiksion usullar bilan boyib borishining leksikologik, uslubiy va morfologik yo‘llari asoslangan.
IV. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilgani. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalari qorako‘lchilik terminlarni tartibga solish, shuningdek, leksik birliklarni tadqiq qilishda keng doirada foydalanilgan:
ishlab chiqilgan terminologiyaning leksik taraqqiyotidagi o‘rni, xususan, mustaqillik davrida ularning umumiy lisoniy maqomi, terminologik tizimidagi mavqeining yangicha talqiniga oid nazariy xulosalardan  FA–F1–G041  “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq  etish” (2012-2016)  mavzusidagi fundamental   loyihaning mustaqillik davrida o‘zbek tili  taraqqiyotini yoritishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 89-04-236-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari qorako‘lchilik terminlari asosida o‘zbek tili terminlarining boyishi ochib berilgan;
qorako‘lchilik terminlari imlosi, qorako‘lchilik terminlari etimologiyasi, yasalish usullari va ularning tadqiqotlarda qo‘llanishi bo‘yicha xulosalardan QF5-012 “Mahalliy polimerli dori vositalarini qorako‘l qo‘ylarining ichki a’zolariga ta’siri mexanizmi ilmiy-nazariy asoslash” fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 89-03-1640-son ma’lumotnomasi). Natijada, gulchechak (teri kasalligi), kuyundi (qorako‘l terisining rangining o‘zgarishi), g‘o‘janak (terining burishgan joylari), archima (terini noto‘g‘ri shilishi natijasida paydo bo‘ladigan kasallik) kabi terminlarning ma’no ko‘chish asosida yangi terminlar hosil bo‘lishi, terminlarning yasalish usullari ko‘rsatib berilgan;
qorako‘lchilik terminlar, sifatlovchi komponent qo‘shma so‘z orqali ifodalangan birikmalar, oddiy so‘z birikmalari orqali voqelangan qo‘shma terminlar yuzaga kelish mexanizmi natijalaridan QXA-8-014-2015 “Tabiiy serpusht qo‘rako‘l qo‘ylar genofondini saqlash va ularni urchitishning seleksion-texnologik tizimini ishlab chiqish” (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihaning qorako‘l qo‘ylari, tana qismlari (sag‘ri, orqa qirra, yonboshlar, bo‘yni) va qorako‘l guli (qalin gul// qalam gulsimon jingalak, yarim doirali qalam gul) hamda uning ifodalanishi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma terminlar (qorako‘l qo‘y, qorako‘l qo‘zi, yaltiroq jun), bo‘lak nomlari va ishlab chiqarish jarayonlari nomlarini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 89-03-1640-son ma’lumotnomasi). Natijada qorako‘lchilikka oid ko‘plab terminlarning izohlari mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish