Ibragimov Xayrulla Hamdamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘ra Sulaymonning o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan badiiy foydalanish mahorati», 10.00.01 –O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil780.
Ilmiy rahbar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi To‘ra Sulaymonning badiiy nutqi, she’riyatining o‘ziga xosligini ta’minlagan omillar, xalqona uslubiy vositalarning qo‘llanishida shoirning o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan badiiy foydalanish mahoratini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy matn milliy til imkoniyatining adabiy me’yor bilan belgilangan, «badiiy shakl–badiiy mazmun–badiiy vazifa» ritmik yaxlitligi umumiy qonuniyatiga bo‘ysundirilgan, adib individual fikriy-ruhiy-hissiy-nutqiy faoliyatining mahsuli ekanligi asoslangan;
To‘ra Sulaymonning xalq og‘zaki ijodi namunalaridan poetik shakl, mazmun va vazifa yaxlitligining ichki muvozanatini ta’minlagan holda samarali foydalanishi uning poetik nutqi individualligini belgilovchi asosiy xususiyat ekanligi matniy dalillar asosida isbotlangan; 
shoir ijodida qo‘llangan milliy va muallif yaratgan maqol va iboralarning poetik nutq tizimidagi o‘rni xalqona ruhni berish, ohangdorlikni oshirganligi, matnda jozibadorlikni ta’minlash, emotsional ta’sirchanlikni oshirish vazifasini bajarishi, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot mushtarakligini namoyon qilish badiiy qimmatiga egaligi ochib berilgan; 
shoir ijodida metaforaning umumiy (obrazli ko‘chma ifoda hosil qilish) va individual (etnik ruhni berish) xususiyatlari, ularning teomorfik, antropomorfik, zoomorfik, fitomorfik turlari, badiiy ma’naviy va lafziy san’at hosil qilishi, adibning metaforadan foydalanishdagi baxshiyona o‘ynoqi usulni qo‘llash mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘ra Sulaymonning o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan badiiy foydalanish mahoratini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili badiiy matnida funksional so‘z yasalishining muayyan ijodkor poetik nutqi misolidagi tadqiq natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan   FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi»  mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutning 2020 yil 17 avgustdagi 140/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, poetik nutqda funksional so‘z yasalishining lingvistik asoslari va muallifning bu kabi lisoniy imkoniyatlardan foydalanish mahoratiga doir ilmiy dalillar boyishiga erishilgan;
shoir she’rlarida o‘ziga xos uslubiy vosita sifatida qo‘llanilgan frazemalar, maqol va matallar tahliliga oid materiallar va ular tadqiqiga oid nazariy xulosalardan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutning 2020 yil 17 avgustdagi 140/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, she’riy matnda frazemalar, maqol va matallarning nutq ta’sirchanligini oshirishdagi uslubiy vosita sifatida badiiy-estetik qo‘llanishi tamoyillari ochib berilgan;
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon adabiy merosining lingvistik tadqiqi, zamonaviy adabiy jarayondagi fol`klor an’analarining o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy xulosalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanalida 2017-2019 yillarda efirga uzatilgan «Assalom, O‘zbekiston!», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining 2020 yil 8 sentyabrdagi 02-02-283-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish