Isomiddinov Yunusjon Yusubboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korrupsiyaning davlat va jamiyat boshqaruvi barqarorligiga ta’sirini kamaytirish mexanizmlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal419.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ta’sirini kamaytirishda ijtimoiy institutlar hamkorligining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat va jamiyat boshqaruvi siyosatini keng jamoatchilik ongiga transformatsiyalashning raqamli va oshkoralikka asoslangan mezoni hamda targ‘ibot-tashviqot va ta’lim-tarbiya tizimi faoliyatiga yanada ko‘proq e’tibor qaratish maqsadga muvofiq ekanligi falsafiy jihatdan dalillangan;
korrupsiyani ijtimoiy hodisa sifatida tushunishga oid bugungi huquqiy, ilmiy, falsafiy yondashuvlar bevosita ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, halollik, o‘zini tiyib turish, vatanparvarlik, kasbga va mehnatga sodiqlik, insoniy qadriyatlarni e’zozlash kabi his-tuyg‘ularni yanada oshirishning konseptual ustuvorligi asoslangan;
korrupsiyaning ijtimoiy voqelikdagi ta’sirini kamaytirishda ob’ektiv, sub’ektiv omillar aralashuvini yo‘qotish, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan samarali foydalanish, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish mexanizmlarini optimallashtirish zaruriyati falsafiy jihatdan asoslangan;
korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati, tartibga solish, chora ko‘rish (uyaltirish, jamoada oshkor qilish) singari funksional mexanizmlarining uslubiy, metodologik, amaliy jihatlarini yanada takomillashtirish birlamchi asosga ega ekanligi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat va jamiyat boshqaruvi mexanizmlarini rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
korrupsiyaning zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy voqelikning qurilishi va ijtimoiy voqelikning demitologizatsiyasi nazariyasini ijtimoiy-falsafiy tahlilini o‘tkazishga imkon beradigan uslubiy yondashuvlarga doir tavsiyalardan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darsligining “Milliy g‘oya tipologiyasi” va “Yot zararli g‘oyalarning ko‘rinishlari, ularning oldini olishda milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati” deb nomlanuvchi 20-bobini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4337-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashda axloqiy normalarning asosiy tarkibiy qismlari (haromdan hazar qilish, birovning haqqini emaslik, halollik) va ichki mexanizmlar (uyaltirish, jamoada oshkor qilish)ning samaradorligi aniqlanganligiga doir taklif –tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar granti loyihasining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-5297-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat boshqaruvida korrupsiyaning oldini olishda yosh kadrlar uchun mantiqiy tafakkur va innovatsion g‘oyalarning zarurligini hal qilishda samarali xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishda davlat va jamiyat boshqaruvi siyosatini keng jamoatchilik ongiga singdirish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilganligiga oid tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2020 yil 12 oktyabr` kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashdafoydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 noyabrdagi 09-01/320-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ma’lumotlar davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini fuqarolar ijtimoiy ongiga singdirilishiga xizmat qilgan;
korrupsiyaning ijtimoiy hodisa sifatida tushunishga oid turli yondashuvlar tahlil qilinganligi, uning fuqarolik jamiyati institutlari konseptual ilmiy apparatini takomillashtirishdagi zarurati aniqlanganligiga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Samarqand viloyatidagi 1097 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tadbirlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 14 noyabrdagi 02-04/1561-son ma’lumotnomasi). Natijada, korrupsiyaning jamiyatga tahdidi va uning mahallalar faoliyatida qonunlardan tashqarida amal qilishiga qarshi kurashishga xizmat qilgan.