Alibekov Davron Abdurakibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal459.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Saidkosimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurodovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Rustam Daniyarovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish qonuniyatlarini ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ochib berish va sohani takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniy, ijtimoiy va shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning barqarorlashtiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi va baholovchi falsafiy mezonlari, tarixiy tajriba, odob-axloq, ma’naviy ehtiyoj kabi substansional negizlari hamda ta’lim sohasi infratuzilmalarini takomillashtirishning zamonaviy epistemologik asoslari ochib berilgan;
ta’lim tizimi rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan passivlik, loqaydlik va boqimandalik bilan bog‘liq permanent muammolarni bartaraf etishda “shaxs-oila-ta’lim” tizimi birligini ob’ektiv voqelikdan kelib chiqqan holda yangi davr xarakteriga moslashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
ijtimoiy-ilmiy amaliyotda kreativ tafakkur, yangicha dunyoqarash, zamonaviylik va natijadorlikka asoslangan ilmiylik, izchillik, uzviylik kabi mental xususiyatlarini milliy yuksalish bilan uyg‘unligini ta’minlashning konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati aniqlangan;
innovatsion shaxsni tarbiyalashning informatsion, kommunikatsion va sivilizatsiyaga oid pozitiv tendensiyalari kontekstida zamonaviy ta’limning uslubiy, texnologik, tizimli va funksional tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
ta’lim tizimidagi muammolarni bartaraf etish shaxs-oila-ta’lim tizimi birligini takomillashtirishning strategik, madaniy, ijtimoiy va tashkiliy usullaridan Jizzax viloyati “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazining “Umumta’lim maktablarida kam ta’minlangan oila farzandlariga bepul IT (Information technologies) kurslari va xorijiy tillarni o‘rgatishni tashkil etish” nomli 24/2810 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasining 2020 yil 13 noyabrdagi 04-06/141-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam ta’minlanganlar uchun ta’limni innovatsion tashkil etishda ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalar aniqlashtirib olishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-ilmiy amaliyotda ta’limning tafakkur, dunyoqarash, dunyoviylik va taraqqiyotga asoslangan mental xususiyatlarini milliy ta’lim tizimini o‘ziga xos zamonaviy qadriyatlari bilan innovatsion uyg‘unligini ta’minlash borasidagi takliflardan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” darslining “Milliy g‘oya targ‘ibotining innovatsion texnologiyalari” nomli VIII bobining 1-paragrafi 3.2.bandi “Innovatsiyaning tarmoqlar bo‘yicha tasnifi”, 2-paragrafi 1-bandi “Innovatsion ta’lim va ta’lim innovatsiyalari tushunchalari”, 2-bandi “Milliy g‘oya va targ‘ibotidagi ta’lim innovatsiyalarining turlari” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 89-03-2207-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni innovatsion rivojlantirish borasida ilmiy yondoshuvlarni takomillashtirish borasidagi g‘oyalarni asoslashga xizmat qilgan;
innovatsion ta’limning uslubiy, texnologik, tizimli, funksional, ijtimoiy-madaniy va zamonaviy tendensiyalarining ijtimoiy-antropologik jihatlariga oid taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darsligining 18-bobi 3-paragrafi “Ta’lim-tarbiyaning milliy g‘oya negizlariga asoslanishi hamda barkamol avlodni tarbiyalashda ahamiyati”, 23-bobi 4-paragrafi “Yoshlarda mustaqil fikrlash madaniyatini oshirish” deb nomlangan mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2786-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy yuksalishga asoslangan ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish, ijtimoiy faollik vainnovatsion tashabbuskorlik ruhida tarbiyalash borasidagi g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
madaniy, ijtimoiy va shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning falsafiy mezonlari, substansional negizlari va soha infratuzilmalarini takomillashtirishning relevant metodologik asoslariga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli 57-11/78 raqamli amaliy loyiha ijrosida foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2020 yil 5 avgustdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimida mavjud muammolarni innovatsion hal etishga oid ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalar aniqlashtirib olishga xizmat qilgan.