Masharipova Guliston Omonturdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish tendensiyalari”, 09.00.05 – Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal526.
Ilmiy rahbar: Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdikul To‘rakulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov Ural Murodovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash, yangi O‘zbekistonda yoshlar dunyoqarashida ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga ta’sir etuvchi targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, tarixiy, madaniy omillar (yoshlar faolligini oshirish, besh muhim tashabbus, tarixiy ongni yuksaltirish)ning yoshlar ideosferasiga ta’siri, yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash va mustaqil faoliyatini tashkil etish mexanizmi ekanligi g‘oyaviy-gnoseologik asoslarda ochib berilgan;
yangi O‘zbekistondagi ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi islohotlarda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismiga aylangan xorij tajribasining milliy axloq va qadriyatlarimizga mos jihatlaridan foydalanish, yoshlar dunyoqarashida mustaqil ta’lim olish va mustaqil fikrlash texnologiyasi sifatida amal qilishi falsafiy jihatdan takomillashtirilgan;
yoshlarda g‘oyaviy immunitetni yuksaltirishda yangi ta’lim texnologiyalar (innovatsion g‘oyalar, media tizimidan foydalanish, tizimli tahlil, sinergetik yondashuv)dan foydalangan holda ular tafakkurida jamiyat barqarorligiga mas’ullik hissini yuksaltirish jihatlari asoslangan;
mafkuraviy tahdidlar xuruji kuzatilayotgan murakkab global axborotlashgan davrda yoshlarda g‘oyaviy immunitetni yuksaltirishda davlat tashkilotlari (o‘rta va oliy ta’lim muassasalari, korxonalar) bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari (mahalla, yoshlar tashkilotlari, NNTlar) orasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shalklantirish va rivojlantirish tendensiyalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, tarixiy, madaniy omillarning yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash va mustaqil faoliyatini tashkil etish mexanizmi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy va amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 8 iyundagi 14-07-1141-son ma’lumotnomasi). Natijalar Qo‘mita huzurida faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlarning boshqa millat yoshlarining dunyoqarashida O‘zbekistondagi islohotlarga nisbatan dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish, «O‘zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekistondagi ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi islohotlarda xorij tajribasini tanqidiy o‘rganish va undan foydalanishning yoshlar dunyoqarashida mustaqil ta’lim olish va mustaqil fikrlash texnologiyasi sifatida amal qilishiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi targ‘ibiy-tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 18 maydagi 01-12-01-2479-son ma’lumotnomasi). Natijalar Madaniyat vazirligiga tegishli oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning o‘z faoliyatining oqibatlariga nsibatan xushyorligini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida yoshlar kasbiy mahoratini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ularda bilim, malaka, ko‘nikma va amaliyot mutanosibligiga erishish mezoni ekanligi bo‘yicha tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan. (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 9 iyundagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning yoshlar qanoti faollarining «Xizmat beminnat» aksiyasini tashkil etish, faoliyatining g‘oyaviy jihatdan takomillashishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi kiber zo‘ravonlik, kiber terrorizm ta’siriga tushgan yoshlarni aniqlashning ijtimoiy ahamiyati va ularning tushkunlik holatidan chiqish uchun ish bilan ta’minlashning zaruratini asoslashga yo‘nalgan yangi targ‘ibot texnologiyalaridan O‘zbekiston» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasining ijrosida keng foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yil 31 maydagi 02/02-229-son dalolatnomasi). Natijalar partiya elektoratining aholi turli qatlamlari bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirishga, yoshlarda g‘oyaviy immunitetni yuksaltirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot texnologiyalaring samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.