Egamova Mastura Xakimdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosligi shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy matnda burch/vijdon (insof) konseptual tushunchalari reprezentatsiyasining tarjima jarayonidagi kognitiv xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil436.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat univeriteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Do‘stmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yur`evna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “burch va vijdon” konseptlarining zamonaviy o‘zbek nasriy matnlari va ularning rus tiliga qilingan tarjimalarida aks topishining kognitiv jihatlarini orqali zamonaviy o‘zbek nasri va O‘zbekistonning rusiyzabon yozuvchilar asarlari namunalarida “personaj konsepti” hodisasining voqelanishini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnda obrazli konseptlarning “dala odami”, “burch odami” va “vaziyat egasi” kabi uchta turi hamda ularning “ma’no kognisiyasi” yunalishidagi zamonaviy adabiyotshunoslikning atamalar tizimidagi o‘rni asoslangan;
konseptning ustuvor ma’nosi va uni kognitiv tuzilmalar tarkibiga kirishi asosida “personaj submatnlar”dagi konseptual maydonlar doirasida ularning o‘zaro munosabati va tarjima amaliyotida antropotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan konseptlar tarjimasining sinergetik modeli dalillangan;
o‘zbek nasri namunalaridagi o‘ziga xos mualliflik konseptosferalarida salmoqli o‘rin tutuvchi “burch” va “vijdon” konseptlarining badiiy asar mazmunida milliy konseptosfera va milliy o‘ziga xoslikning qahramon mentaliteti yordamida yaqqol namoyon bo‘lishi bilan yuzaga chiqishi isbotlangan;
badiiy asar yaratilishida “burch”, “vijdon” badiiy konseptlarining verballashuv va voqelanish usullari hamda tadqiq qilingan asarlarning ruscha tarjimasida ularni kognitiv shakllantiruvchi vositalar guruhi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy ongdagi asosiy aksiologik belgilarni aks ettiruvchi “burch-vijdon” badiiy konseptlari va kognitiv tuzilmalar verballashuv jarayonidagi kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularning tarjimada voqelanishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
badiiy matnda obrazli konseptlarning “dala odami”, “burch odami” va “vaziyat egasi” kabi uchta turi hamda ularning “ma’no kognisiyasi” yunalishidagi zamonaviy adabiyotshunoslikning atamalar tizimidagi o‘rni ishlab chiqilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan ITD-1, A-1-209 “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetning 2021 yil 13 yanvardagi 01/68-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar va tahlil metodlari loyiha doirasida yaratilgan matn lingvistikasi (8-9 boblar), badiiy matn stilistikasi (5 bobi), konsept va uning badiiy matnda aks etishi, konseptning tilshunoslikdagi lingvo-stilistik vazifalari haqidagi xulosalar kognitiv lingvistika (5.1., 5.2 bo‘limlari) bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
badiiy asar yaratilishida “burch”, “vijdon” badiiy konseptlarining verballashuv va voqelanish usullari hamda tadqiq qilingan asarlarning ruscha tarjimasida ularni kognitiv shakllantiruvchi vositalar guruhi borasidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 16 martdagi 639/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur konseptlar aks topgan virtual resurslar shakllantirilib, bevosita ta`lim jarayoniga tatbiq etilgan; 
konseptning ustuvor ma’nosi va uni kognitiv tuzilmalar tarkibiga kirishi asosida “personaj submatnlar”dagi konseptual maydonlar doirasida ularning o‘zaro munosabati va tarjima amaliyotida antropotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan konseptlar tarjimasining sinergetik modeliga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 martdagi 618/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishidagi tahlil natijalari loyihaniig joriy qilinishi va xalqarolashtirilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek nasri namunalaridagi o‘ziga xos mualliflik konseptosferalarida salmoqli o‘rin tutuvchi “burch” va “vijdon” konseptlarining badiiy asar mazmunida milliy konseptosfera va milliy o‘ziga xoslikning qahramon mentaliteti yordamida yaqqol namoyon bo‘lishi bilan yuzaga chiqishiga oid natijalardan “Matnning stilistik tahlili”, “O‘rganilayotgan tilning nazariy aspektlari”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 martdagi 615/30.01.01-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fanlarni o‘qitishning sifati va samaradorligi, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish