Xamidov Lutfullo Payzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Bank faoliyatiga oid matnlarning sotsiopragmatik tadqiqi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil437
Ilmiy rahbar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Rizaev Bahodir Xaydarovich; filologiya fanlari nomzodi, dotsent (PhD) Yusupova Shoira Botirovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz lingvomadaniy hamjamiyatida bank matnlari mazmun ko‘lamini shakllantirishda ishtirok etadigan lisoniy va nolisoniy vositalar tizimini aniqlash va bank faoliyatiga oid matn turlarining o‘ziga xos sotsiolingvistik va pragmalingvistik xususiyatlari tavsifini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank matni tushunchasining mazmuni, tarkibiy qismlari va tillararo leksik manzarasini ochib berishda tayaniladigan adresat, adresant, kommunikatsiya kabi lisoniy tamoyillarning sotsiopragmatik ko‘lami aniqlanib, ularning faollashuvi muloqot kontenti, vaziyati bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
bank matnlarini sotsiolingvistik aspektda o‘rganishning til tizimi birliklari faollashuvi bilan bog‘liq soha faoliyati bilan izohlanadigan lisoniy va nolisoniy omillariga mansub kommunikativ maqsad turlari va muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, muloqot vaziyati va matnning yozma yoki og‘zaki turga oidligi kabi informativ xarakterini aniqlash imkoniyatlari ochib berilgan;
bank matni axborot mazmunining shakllanishida adresat va adresant omillari ishtirokining shaxslararo munosabat doirasida namoyon bo‘ladigan gender, yosh, ijtimoiy maqom kabi sotsiopragmatik va konseptuallashtirish hamda kategoriyalashtirish jarayonida kechadigan kognitiv mavqei aniqlangan;
bank matnlarini pragmatik aspektda o‘rganish imkoniyatlari ko‘lamini belgilash ularning tashqi va ichki belgilarining til va milliy madaniyat munosabati doirasida shakllanadigan lingvomadaniy xususiyatiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank faoliyatiga oid matnlarning sotsiopragmatik tadqiqi mavzusidan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
bank faoliyatiga oid matn turlari, ularning mazmun ko‘lamini shakllantirishda so‘z, atama va obrazlar korrelyasiyasi hamda bank matnlarining tipologiyasini yaratish to‘g‘risidagi tasavvurlarni tizimlashtirish bilan bog‘liq usullardan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 16 martdagi 638/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada bank matnlari ma’nosining denotativ tarkibiy qismini tizimlashtirish bilan bog‘liq usullar o‘quv lug‘atlari va dasturlari ishlab chiqishda xizmat qilgan;
bank matnini iqtisodiy muloqotning ijtimoiy modeli va ko‘rsatkichlari sifatida talqin etish, bank matni axborot mazmunining shakllanishida adresat va adresant faktorlarining o‘rnini aniqlashga doir materiallardan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 martdagi 613/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy maktablarda ixtisoslashgan matn turlari, ularning mazmun ko‘lamini o‘rganish, ixtisoslashgan matn axborot mazmunining shakllanishida adresat va adresant faktorlarining o‘rnini tizimlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ixtisoslashgan matnning sotsiolingvistik tabiati bilan bog‘liq assotsiativ eksperimentlar, so‘rovnomalar o‘tkazish imkonini bergan;
bank matnlarining pragmatik xususiyatlari, ularning mazmun ko‘lami va tarkibi kabi masalalarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erazmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «Ӯzbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyiӽasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 martdagi 619/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek ta’lim tizimida ixtisoslashgan matn tushunchasining tillararo leksik manzarasini o‘rganish, tashqi va ichki belgilari bo‘yicha bank matnlarini pragmatik aspektda tavsiflash ӽaqidagi xulosalar oliy o‘quv yurti talabalarida tillararo va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va matn soӽasidagi bilim-ko‘nikmalarni xalqarolashtirish imkonini bergan;
bank matnlarining leksik, grammatik va stilistik o‘ziga xosliklarini tizimlashtirish bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi 2021 yil 25 oktyabr` kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 oktyabrdagi № 12-03/97 raqamli ma’lumotnomasi) Natijada, tomoshabinlarning ixtisoslik matnlarining qiyosiy lingvomadaniy tabiati haqidagi bilimlari oshishiga erishilgan.