Sayt test rejimida ishlamoqda

Zaripova Dilfuza Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Didaktik asarlarning qiyosiy-tipologik tahlili», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil707.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Marg‘uba Dusmiratovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek tili va universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Hayitov Shavkat Ahmadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Navoiy  davlat pedagogika instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» «Qobusnoma» asarlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilish asosida badiiy ijodning universal va o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, didaktik obraz tushunchasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Qutadg‘u bilig» va «Hibat ul-haqoyiq» asarlari o‘zbek adabiyotshunosligida ushbu asarlar bilan bir davrda yaratilgan «Qobusnoma»ning badiiy-estetik qonuniyatlarini va didaktik obrazlarning o‘xshash badiiy-didaktik xususiyatlari asoslangan;
ijodkorlarning badiiy mahorati va uslubini qiyosiy o‘rganish orqali ikki adabiyot o‘rtasidagi donishmand, faylasuf, vazir, payg‘ambar obrazlarining tipologik xususiyatlari dalillangan;
uch pandnoma asarlarning uyg‘unligini ta’minlagan shaxs va jamiyatning badiiy-estetik qonuniyatlari, didaktik obraz yaratishda ijodkorlarning badiiy, individual uslubi isbotlangan;
inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirishda ilmu ma’rifat va hunar egallashga chorlaydigan mo‘’jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlar asosiy o‘rinda turishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» va «Qobusnoma» asarlarining qiyosiy-tipologik tahlilidan kelib chiqqan ilmiy natijalar asosida:
«Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» asarlarida ilm haqida, til odobi, nafs tarbiyasi haqidagi qarashlarning ilmiy natija va qiyosiy tahlillaridan FA-F1-OO5-raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017–2020 y.y.) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 25 maydagi 17.01/153-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihada XI–XII asrlar turkiy xalqlar adabiyotida uch pandnomaning uyg‘unligini ta’minlagan badiiy-estetik qonuniyatlar, didaktik obraz yaratishda ijodkorlar uslubidagi o‘ziga xoslik asoslangan;
ijodkorlarning badiiy mahoratini va uslubini qiyosiy o‘rganish, jahon adabiyoti rivojidagi munosib o‘rnini asoslash, «didaktik obraz» tushunchasini tavsiflash kabi xulosalardan PZ-20170927147-raqamli «Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy 
yozma manbalar tadqiqi» mavzusidagi amaliy loyihani (2017–2020 yy.) bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 14 iyuldagi 01/4 1258-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy ijod namunalarini tadqiq va talqin etishda didaktikaning ahamiyati «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» asarlarini qiyosiy o‘rganishga, badiiy ijodning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga erishilgan;
uch pandnoma asarning uyg‘unligini ta’minlagan badiiy-estetik qonuniyatlar, didaktik obraz yaratishda ijodkorlarning uslubiga doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 fevralda berilgan 02-40-471-son ma’lumotnomasi). Natijada inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirishda, ularni ilmu ma’rifat va hunarga chorlaydigan hikmat va hikoyatlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.
«Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» va «Qobusnoma» asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili haqidagi ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom, Buxoro» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 14 avgustdagi  743-son ma’lumotnomasi). Natijada «Qutadg‘u bilig» va «Hibat ul-haqoyiq» asarining adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga doir materiallar, nazariy ma’lumotlar yosh avlod qalbida mazkur ijodkorlarga, ma’naviy merosimizga muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish