Sayt test rejimida ishlamoqda

Kuvandikov Il`yas Tulakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini boyitishda milliy g‘oyaning roli”, 09.00.05 – Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/FaI541.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor;  Qo‘chqorov Vahob Qo‘chqorovich, siyosiy  fanlar doktori (DSc), professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini boyitishda milliy g‘oyaning birlashtiruvchi kuch sifatidagi ahamiyatini ochib berish va uning targ‘ibotini tashkil etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning ijtimoiy ong va dunyoqarashiga ta’sir etuvchi milliy mentalitetimizga xos bo‘lgan muloqot, maslahat, nasihat hamda an’ana va rasm-rusumlarimizdagi ijobiy omillarning amal qilish mexanizmlari tasniflangan va ularning ong stereotiplarini (loqaydlik, beparvolik kabi) bartaraf qilish, yoshlar dunyoqarashini innovatsion g‘oyalarga jalb qilish orqali jamiyatning faol a’zolari sifatidagi safarbarliklarini ta’minlash omillari tadrijiylik metodi asosida ochib berilgan;
ilmiy va badiiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning yoshlar dunyoqarashini boyitishdagi rolini oshirish, ular bilan individual ish olib borishga ustuvor ahamiyat qaratish, shaxsiy kelajak istiqbollarini belgilashda  davlatning xalqqa xizmat qilishi tamoyillaridan kelib chiqish, manfaatlar mutanosibligini ta’minlash va  amaldagi qonun normalariga rioya qilishning zarurati ochib berilgan;
yangi O‘zbekiston davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar dunyoqarashida dahldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faollikni oshirish, jumladan, ularni ish bilan ta’minlash jarayonida amal qilinayotganligi asoslangan; 
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlaridagi xabarlarni saralash, tanlash va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishning yoshlar ijodiy salohiyati kasbiy mahoratini oshirish  omili ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini boyitishda milliy g‘oyaning rolini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarning ijtimoiy ong va dunyoqarashiga ta’sir etuvchi ijobiy omillarning amal qilish mexanizmlari tasniflangan va ularning ong stereotiplarini (loqaydlik, beparvolik) bartaraf qilish, ilmiy izlanishlarga safarbarlikni ta’minlashdagi roliga oid g‘oyalardan O‘zbekiston respublikasi yoshlar agentligining yoshlarning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini bosqichma-bosqich tizimli tashkil etish,  100 ta ilmiy g‘oya loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 3 oktyabrdagi 01/04-13-23-338-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish»  sari  g‘oyasining ijtimoiy ahamiyatini tushunish, ularda jamiyat taraqqiyotiga nisbatan dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish va o‘z faoliyatini rejali tashkil etishiga xizmat qilgan; 
davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar dunyoqarashida dahldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faollikni oshirish, kasbiy kamolotga erishishda ijtimoiy ma’naviy  vosita ekanligiga oid g‘oyalardan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2019 yillarda aholi turli qatlamlari ongiga yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini tushuntirish, yoshlarning ijtimoiy faolligi yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror dasturining V bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari»ni amaliyotga tadbiq qilishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi 02/01-226-son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekistonda yosh tadbirkor, yosh muxandis, yosh mutaxassis, yosh dasturchilarning yangi avlodini tarbiyalashga va ularning mustaqil faoliyatini tashkil etishiga  nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar dunyoqarashida dahldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faollikni oshirish, kasbiy kamolotga erishishda ijtimoiy ma’naviy  vosita ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish»  demokratik partiyasi Markaziy kengashi va xududiy kengashlari faoliyatida, xususan, partiya dasturida belgilangan chora-tadbirlar yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli bo‘lgan «ommaviy madaniyat» ning salbiy ta’siridan muxofaza qilish, ularni birinchi navbatda kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish orqali milliy-ma’naviy yuksalishga erishish, milliy yuksalish g‘oyasi tamoyillarining ustuvorligini ta’minlash hamda jamiyatimizning axloqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga asos bo‘ladigan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonlarida  samarali foydalanilgan  (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashining 2020 yil 5 oktyabrdagi 01-246-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning «Yoshlar qanoti» faoliyatini samarali tashkil etish,  uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularda  ajdodlar merosiga hurmat va  milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
ilmiy va badiiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning yoshlar dunyoqarashida shaxsiy kelajak istiqbollarini belgilashda  davlat manfaatlari bilan mutanosibligini ta’minlash va  amaldagi qonun normalariga rioya qilishning zaruratiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida Toshkent shahrida 2020 yil 9 mayda ro‘yxatga olingan OAV ishtirokida tashkil etilgan «OAV faoliyatining huquqiy asoslari»  mavzuidagi davra suhbatida hamda  OAVda g‘oyaviy tarbiyaning, jumladan, milliy yuksalish g‘oyasining, bu borada respublikamizda ishlab chiqilgan Konsepsiyaning ahamiyatini yoshlar dunyoqarashiga singdirishdagi ahamiyati  tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 16/279-son ma’lumotnomasi). Natijalar, rasmiy  ommaviy axborot  vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar erishgan yutuqlarni targ‘ib etish, ularning  5 ta muhim tashabbus doirasida olib borayotgan faoliyatini yoritishni tizimli tashkil etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish