Sayt test rejimida ishlamoqda

Shodmonqulova Muborak Maxamatqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Liberalizm g‘oyalarining yangi O‘zbekistondagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ta’siri”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal611. 
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Ruxsora Xodievna, pedagogika  fanlar doktori (DSc), professor v.b.
Etakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi liberalizm g‘oyalarining ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, tarixiy madaniy mazmunining yangi O‘zbekiston taraqqiyotining strategik maqsadlariga mosligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
liberalizm g‘oyalari tafakkur stereotiplarini o‘zgartirish, iqtisodiy-ma’naviy islohotlarni amalga oshirishning  nazariy asosi va huquqiy mezoni, siyosiy-ijtimoiy islohotlarning me’yori, ulardan tizimli foydalanish ijtimoiy taraqqiyot omili ekanligi aholining ijtimoiy ongida o‘z ifodasini topayotganligining falsafiy jihatlari ochib berilgan; 
liberalizm g‘oyalari jamiyat taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda aholining mafkuraviy immunitetini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish, maqsadli faoliyatini tashkil etish omili ekanligi yoshlarni ish bilan ta’minlash jarayonida amal qilayotganligining mafkuraviy ahamiyati ijtimoiy jarayonlarda namoyon bo‘layotganligi ochib berilgan; 
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida liberalizm g‘oyalari milliy mafkurani targ‘ib etish metodologiyasi sifatida davlat boshqaruvida islohotlar islohotlar uchun emas,  inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘nalganligining ijtimoiy ahamiyati aholi turli qatlamlari ongida dahldorlik tuyg‘usining shakllanganligi va ularning shu jarayonlarda ishtirokida o‘z ifodasini topayotganligining falsafiy jihatlari asoslangan; 
siyosiy lider faoliyatida liberalizm g‘oyalaridan jamiyat boshqaruvini tizimli tashkil etish va davlatning xalqaro darajada e’tirofiga erishishida foydalanishining aholi ijtimoiy himoyasining ta’minlashga oid jarayonlarda o‘z ifodasini topayotganligi asoslangan va liberalizm g‘oyalari   fuqarolik jamiyatini qurishning ijtimoiy nazariy asosi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strtegiyasida liberalizm g‘oyalarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
liberalizm g‘oyalari tafakkur stereotiplarini o‘zgartirish, iqtisodiy-ma’naviy islohotlarni amalga oshirishning  nazariy asosi va huquqiy mezoni sifatida siyosiy-ijtimoiy islohotlarning me’yori ekanligiga oid nazariy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy kengashi faoliyatida qo‘llanilgan («Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –  O‘zLiDeP Markaziy kengashining 2020 yil 26 maydagi 04-13/2184-son ma’lumotnomasi). Natijalar, jamiyatda liberal-demokratik g‘oyalarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi roli, tadbirkorlik va ishbilarmonlarning erkin iqtisodiy makonda o‘zaro manfaatli sherikchilikga   ilmiylik mezonlari asosida tayanishning zaruratini tushunishiga xizmat qilgan;  
liberalizm g‘oyalari jamiyat taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda aholining mafkuraviy immunitetini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish, maqsadli faoliyatini tashkil etish me’yori ekanligi yoshlarni ish bilan ta’minlash jarayonida amal qilayotganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining aholining turli qatlamlari ongiga mafkuraviy jarayonlar dialektikasiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 martdagi 02-07-326-son ma’lumotnomasi). Natijalar ma’naviyat ma’rifat markazi xodimlarining mahallalarda yangi O‘zbekistondagi islohotlarning mohiyatini tushuntirishga oid ma’ruzalari, davra suhbatlarini ilmiylik mezonlari asosida tashkil qilishga va aholining islohotlar mohiyatini chuqur anglashiga xizmat qilgan; 
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida liberalizm g‘oyalari davlat siyosati va milliy mafkurani targ‘ib etish metodologiyasi sifatida davlat boshqaruvida islohotlar islohotlar uchun emas, inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘nalganligining ijtimoiy ahamiyati aholi turli qatlamlari ongida dahldorlik tuyg‘usining shakllanganligi va ularning shu jarayonlarda ishtirokida o‘z ifodasini topishining mafkuraviy ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston respublikasi yoshlar ittifoqining davlat, nodavlat va xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2021 yil 19 oktyabrdagi 04-13/1509-son ma’lumotnomasi). Natijalar, liberal g‘oyalarning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 1-bo‘lim 4-bandining ijrosini ta’minlash va yoshlar ittifoqning Axborot tahlil boshqarmasida yoshlar faoliyatiga monitoringini tizimli tashkil qilishga va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan;
siyosiy lider faoliyatida liberalizm g‘oyalaridan jamiyat boshqaruvini tizimli tashkil etish va davlatning xalqaro darajada e’tirofiga erishishida foydalanishining aholi ijtimoiy himoyasining ta’minlashga oid jarayonlarda o‘z ifodasini topayotganligi asoslangan va liberalizm g‘oyalari   fuqarolik jamiyatini qurishning ijtimoiy nazariy asosi ekanligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy taklanish” demokratik partiyasi  faoliyati samaradorligini yanada oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy taklanish” demokratik partiyasi ning 2021 yil 11 iyundagi 04/13-4230-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Milliy tiklanish partiyasining ijtimoiy yo‘naltirilgan dasturlarini tuzish, aholi ongiga yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini tushuntirishga va ularning tafakkuri yangilanishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish