Sayt test rejimida ishlamoqda

Xudayqulova Nargiz Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1950-90 yillarda Xorazmda yangi erlarni o‘zlashtirish va suv xo‘jaligi muammolari tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tar271.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Madirim Maxmudovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05  
Rasmiy opponentlar: Sariboev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Xushvaqtov Xusan Ochilboevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasida dehqonchilik uchun yangi erlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini amalga oshirish, suv ombori qurilishi va ekologik tanglik sharoitida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1950-1990 yillarda sug‘orish tizimining ekstensiv tarzda kengaytirilishi natijasida maydonlar 2900 km dan 16594,7 km ga etganligi, suv qurilishi sohasida moddiy-texnik bazani yangilash maqsadida unga ketgan hajaratlar 3 barobarga ortgan bo‘lsada, voha xususiyatlari inobatga olinmaganligi natijasida ekologik holat izdan chiqqanligi dalillangan; 
yangi erlarni o‘zlashtirish, suv xo‘jaligi tizimini shakllantirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini amalga oshirish jarayonida sug‘oriladigan yangi ekin maydonlarini ochish va mavjudlarini  yiriklashtirish, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, viloyatdagi Qilichniyozboy, Oktyabrarna, Urgancharna, Qulovot, Zeyyop, Qiyot-Qo‘ng‘irot kabi  15 ta yirik kanallarda to‘g‘onlar qurish ishlari sizot suvlarining oshishiga, natijada erlarning meliorativ holati yomonlashib ketishiga olib kelganligi isbotlangan; 
Xorazm vohasida dagishlar natijasida 1954-1970 yillar mobaynida Amudaryo chap sohili voha tomon o‘rtacha 8-10 kilometr masofaga siljigani va bir necha o‘n ming ga hosildor erlarga zarar etgani, voha uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan To‘yamo‘yin suv ombori va gidrouzeli qurilishi asosan paxtachilikni rivojlantirish imkonini berganligi aniqlangan;
Orol muammosi bilan Xorazm viloyatida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berganligi, daryo yaqinidagi 15 ming gektar to‘qayzor va Qoraqumga yondoshgan janubiy hududlarda 26 ming gektar maydon 10-15 barobarga kamayib ketganligi, ekin maydonlarining sho‘rlanish darajasi ortishi oqibatida hosildorlik keskin kamayib, aholi zich yashaydigan shahar va qishloqlarda toza ichimlik suviga ehtiyojning o‘sganligi, er osti suvlarining yuqori darajada sho‘rlanganligi bois suv chiqarish inshootlarini qurish imkoniyati cheklanib qolganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasida dehqonchilik uchun yangi erlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlari tarixiga oid ilmiy xulosa va takliflardan:
Xorazm viloyatida irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining amalga oshirilishi va buning natijasida kuchli darajada minerallashgan sizot suvlarning sathi sezilarli darajada pasayganligi, erlarning suv ta’minoti qisman yaxshilanganligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish ishlariga doir natijalardan Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi Xiva «Ichan-qal’a»davlat muzey qo‘riqxonasi «Tabiat»bo‘limi va ekskursiya matnlarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 01/12-10-19-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyga tashrif buyuruvchilarda sovet davlati hukmronligi yillari Xorazmda paxtachilikni kengaytirish maqsadida irrigatsiya, melioratsiya ishlarining borishi, hosildorlikni oshirish tadbirlarida xo‘jasizlik uslublari, ularning ekologiyaga ta’siri, qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilik, poliz, sabzavot ekinlarini ekishda muammolar kelib chiqqanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan; 
XX asrning 50-90-yillarida O‘zbekiston, jumladan Xorazm vohasida erlarni o‘zlashtirish, paxtachilikni kengaytirish maqsadida sug‘orish tizimini takomillashtirish, sizot suvlarni qochirish, dalalar sho‘rini yuvish bilan bog‘liq melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, ayni paytda bu amalga oshirilgan ishlarnni to‘liq yakunlanmaganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ilmiy bo‘limida olib borilayotgan tadqiqotlarini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 yanvardagi 72-01/17-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, sovet davrida asosiy e’tibor paxtachilikkka qaratilgan bo‘lsada, milliardlab kubometr sizot suvlar va yuzlab tonna zararli tuzlar hududdan tashqariga chiqarib yuborilganligi, ortiqcha va sho‘rlangan suvlarni chiqarib yuborish yo‘li bilan erlarning unumdorligi va ekinlarning hosildorligini oshirishga sharoit yaratish imkoniyati yuzaga kelganligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;  
1950-1990 yillarda Xorazmda yangi erlarni o‘zlashtirish va suv xo‘jaligi tarixiga oid natijalardan 2019 yil 25 oktyabr va 6 noyabrda efirga uzatilgan O‘zbekiston MTRKning «O’zbekiston»TRK/DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar»ida, muharririyatning «Bedorlik», «Katta tanaffus»dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan («O’zbekiston» Teleradiokompaniyasi-ning 2019 yil 12 dekabrdagi 01/207-son ma’lumotnomasi). Bu tinglovchilarda Xorazm vohasida dehqonchilik ana’anlarining uzoq yillik tarixga ega ekanligi, sovet davlati hukmronligi yillarida bu an’analardan voz kechgan holda paxtachilikda rejani bajarish maqsadida ekstensiv yo‘ldan borib, bir qator muammolar kelib chiqqanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish