Sayt test rejimida ishlamoqda

Xaitov Xamza Axmadovichnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek prozasi taraqqiyotiga xalq maydon kulgi  san’atining ta’siri», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1751.
Ilmiy rahbar: Safarova Hilola Oxunjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Imomova Gulchehra Muxammadievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nasri taraqqiyotiga xalq maydon kulgi san’atining ta’sirini asoslash, uning o‘ziga xos adabiy jarayon sifatidagi mohiyatini, badiiy-estetik tamoyillarini, yozuvchilarning bu boradagi  mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘zaki drama, xalq maydon kulgisiga aloqador askiya, lof, latifa janrlarining yozma proza bilan badiiy sintezlashish munosabati, ularning roman, qissa, hikoya kabi nasriy janrlar genezisi va badiiy taraqqiyotidagi o‘rni asoslangan;
o‘zbek nasrida og‘zaki drama, askiya, lof, latifa syujeti, motiv va obrazlaridan, folchi (romchi), ichuvchi, kashanda, laqma, go‘l, lo‘li, safsataboz, yolg‘onchi, firibgar, ishqiboz va hokazo singari xarakter kulgisi tiplaridan an’anaviy usulda ijodiy foydalanib yaratilgan asarlarning o‘ziga xos etnomadaniy kontekst, hangoma, kulgi-hikoya, kulgi-xotira asar sifatidagi xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek roman, qissa va hikoyalari syujetida kuzatiladigan xalq maydon kulgi san’ati bilan bog‘liq kinoya, piching, makaronizm, vul`gar so‘z, qochirim kabi kulgi ayyorona, kesatiqli satirik hamda engil, kuvnoq yumoristik matn yaratish tamoyillari aniqlangan;
nasrda fol`klorizmlarni qo‘llash, xalq ijodi ta’sirida hajviya va hangomalar yaratish mahorati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek nasri taraqqiyotiga xalq maydon kulgi san’atining ta’sirini, uning o‘ziga xos adabiy jarayon sifatidagi mohiyatini, badiiy-estetik tamoyillarini, yozuvchilarning bu boradagi mahoratini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
og‘zaki drama, xalq maydon kulgisiga aloqador askiya, lof, latifa janrlarining yozma proza bilan munosabati, ularning roman, qissa, hikoya kabi nasriy janrlar genezisini yoritish kabi xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 maydagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘zbek prozasi taraqqiyotiga xalq maydon kulgi  san’atining ta’siri, badiiy taraqqiyotida tutgan o‘rni va mohiyatini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
nasriy asarlarda dramatik harakat, dialogik va monologik nutq, afandinamo xarakter kulgisi, vul`gar latifalar, telba va askar latifalar kabi xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 maydagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi).  Natijada an’anaviy va zamonaviy mavzu mundarijasi, satira va yumorni, til va nutq vositalarini uyg‘unlashtirgan jihatlarini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
o‘zbek roman, qissa va hikoyalari syujetida kuzatiladigan xalq maydon kulgi san’ati bilan bog‘liq kinoya, piching, makaronizm, vul`gar so‘z, qochirim kabi kulgi vositalari orqali satirik va yumoristik matn yaratish kabi ilmiy qarashlardan «Buxoro» telekanalining «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Asarlarning asraganlari», «Assalom Buxoro»dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 apreldagi 1/108-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘zaki drama, askiya, lof, latifa syujeti, motiv va obrazlaridan ijodiy foydalanish asosida yaratilgan asarlarning o‘ziga xos etnomadaniy kontekst sifatidagi xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish