Narkulov Akram Sidikovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Magnit maydonida tok o‘tkazuvchi yupqa plastinkaning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonini matematik modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.2.PhD/T1575.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Polatov Asxad Muxamedjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tok o‘tkazuvchi yupqa plastinkaning o‘zgaruvchan elektrodinamik kuchlar ta’siridagi magnitoelastik chiziqli bo‘lmagan deformatsiya-lanishini matematik modellashtirish, sonli algoritmlar va dasturiy majmuini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘tkazuvchanlik xossalarining anizotropiyasini hisobga olgan holda  elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi plastinka shaklidagi konstruktiv elementning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonini tadqiq etish uchun matematik model ishlab chiqilgan;
elektromagnit va mexanik kuchlar ta’sirlarida bo‘lgan yupqa halqaviy plastinka shaklidagi konstruktiv mikroelementning magnitoelastik deformatsiyalanishi jarayoni o‘tkazuvchanlik xossalarining ortotropiyasini hisobga olgan holda matematik modeli ishlab chiqilgan;
tok o‘tkazuvchi plastinka kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini geometrik chiziqlimaslikni hisobga olgan holda tadqiq qilish imkonini beradigan magnitoelastiklikning ikki o‘lchamli matematik modeli va bog‘liqli masalalarni sonli hisoblash algoritmlari hamda dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan; 
elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi plastinka magnitoelastik deformatsiyalanishi jarayonini tadqiq qilishda geometrik, mexanik va elektromagnit parametrlarini o‘zgartirgan holda kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlari tahlili asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektromagnit kuchlar ta’siridagi anizotrop tok o‘tkazuvchi plastinka shaklidagi mikroelementlarning magnitoelastik deformatsiyalanishi jarayonini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
elektromagnit moslashuvlikni hisobga olgan holda, tok tashuvchi jismlarga o‘zgaruvchan elektromagnit  maydonining ta’sirini aniqlash maqsadida Samarqand viloyati «Elektromagnit moslashuv xizmati» ta’sarrufida bo‘lgan o‘lchov qurilmalarida ishlatiladigan tok o‘tkazuvchi yupqa konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 07.05.2021yil №33-8/3342-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zgaruvchan elektromagnit maydoni ta’sirida bo‘lgan yupqa tok o‘tkazuvchi plastinka shaklidagi mikroelementning elektromagnitomexanik parametrlari uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida plas-tinkaning mustahkamligi 8-11% ga orttirilishiga erishilgan, yaratilgan matematik va dasturiy ta’minot muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 6-10% ga qisqartirish imkonini bergan;
tok o‘tkazuvchi yupqa plastinka shaklidagi konstruktiv mikroelement-larning elektromagnit maydoni bilan murakkab o‘zaro ta’sir jarayonlarini aniqlash va ularda paydo bo‘ladigan elektromagnit effektlarini tahlil qilish maqsadida «AlNet» Shuba Korxonasi soha ish jarayonlarida ishlatiladigan stansion va tashqi router, kommutatorlarning ikkilamchi elektr ta’minot kurilmalarida ishlatiladigan diod va tranzistorlari tarkibidagi konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiya-lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 07.05.2021yil №33-8/3342-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida qurilmalarda ishlatiladigan mikroplastinkalarning hajmini qisqartirishga hamda mustahkamligining 9-12 % ga oshirilishiga, yupqa mikroplastinka egilishini minimallashtirishga erishish mumkinligini baholashdagi ish unumdorligini 8-10 % ga oshirishga imkon bergan;
tok o‘tkazuvchi plastinka shaklidagi mikroelementlarning elektro-magnit kuchlar ta’siridagi magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonlarini aniqlash maqsadida «O‘ZBEKTELEKOM» AK Samarqand filiali Qo‘shrabot tuman telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli elektron avtomatik stansiyalarining elektron boshqaruv mashinalarida ishlatiladigan tok o‘tkazuvchi yupqa konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 07.05.2021 yil №33-8/3342-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida elektromagnit maydoni ta’siridagi yupqa tok o‘tkazuvchi plastinka shaklidagi mikroelementning mustahkamligini 10-15 % orttirilishi, yupqa plastinka egilishini minimallashtirishga erishish maqsadida yaratilgan matematik va dasturiy ta’minot muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 5-9 % ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish