Juraev Jonibek Uktamovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikki o‘lchovli signallarni veyvlet usullarida modellashtirish algoritmlari va dasturlari», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1947. 
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Boltaboev Shuxrat Komiljonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xaar veyvlet usullari yordamida signallarga va tibbiy tasvirlariga raqamli ishlov berish jarayonining matematik modellari, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berishda qo‘llaniladigan Xaarning bo‘lak o‘zgarmas veyvlet usuli splayn-veyvletlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan Xaarning bo‘lak-chiziq va bo‘lak-kvadratik veyvlet usullari asosida elektroensefalografik signalini raqamli ishlash jarayonini matematik modeli va algoritmlari ishlab chiqilgan;
Xaarning ikki o‘zgaruvchili veyvlet usullari asosida tasvir matrisasi uchun siqish algoritmlari ishlab chiqilgan; 
Xaarning takomillashtirilgan veyvlet usullari yordamida signallar va tibbiyot tasvirlarini raqali ishlash algoritmlari va dasturiy majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida bir va ikki o‘zgaruvchili Xaar veyvletlari yordamida signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va ularning dasturiy vositalari yordamida olingan ilmiy yangiliklar:
bosh miya tuzilmalari mikroskopik tasvirlarini raqamli ishlashning veyvlet usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua «Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali»ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6886-son ma’lumotnomasi). Natijada, bosh miya tuzilmalardagi o‘zgarishlarni aniqlash muddati 61%ga va xatolikni 11-15%ga kamaytirish imkonini bergan;
biomedisina signallariga veyvlet usulida raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy vosita «Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliyot markazining Andijon filiali»ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6886-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot institutidagi foydalanib kelinayotgan ananaviy usulga nisbatan xatoliklar 6-10%ga kamaytirish imkonini bergan; 
biomedisina signallari va tibbiyot tasvirlarini raqamli ishlashning bo‘lak-bazis usullar, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua «SamMI 1-klinikasi»ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6886-son ma’lumotnomasi). Natijada, qondagi leykotsitlar sonini aniqlash vaqti 58%ga va xatolikni 10-12%ga kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish