Sharipov San’at Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oltin saqlagan flotokonsentratlarni oksidlashning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1505.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Kuvandik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc. 17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flotokonsentratni bakterial oksidlashda kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rentgen strukturali tahlil usuli bilan bakterial oksidlash jarayonida minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor yangi noorganik va organik birikmalar hosil bo‘lishining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali flotokonsentratni oksidlashda minerallar va qimmatbaho nodir metallarning erishiga olib keladigan kislotali aralashmalarning xususiyatlari va tarkiblari aniqlangan;
biokekni sorbsion sianlashga tayyorlash jarayonida neytrallovchi reagentlar tabiati aniqlanib, SaO ning samaradorligi asoslangan;
ilk bor bakterial oksidlash jarayonida organik uglerodning sorbsion xususiyatlari va unda elementlarning yutilish xossalari aniqlangan;
ilk bor flotokonsentratni bakterial oksidlash jarayonida kislotali chiqindi suvlardan KEElarini ajratish usuli va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oltin saqlagan flotokonsentratlarni oksidlashning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sianlash jarayonidan oldin biokekni ishqorlash «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 3-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 7 iyuldagi 02-06-07/7028-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘ndirilmagan ohakni qo‘llash, boshqa neytrallovchi reagentlarni qo‘llagandagiga qaraganda oltinning ajralish darajasi (0,8-1,0%) yuqori bo‘lishi imkonini bergan;
qarama-qarshi dekantatsiya kislotali chiqindi suvlarini neytrallash «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 3-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 7 iyuldagi 02-06-07/7028-son ma’lumotnomasi). Natijada, kislotali chiqindi suvlarni neytrallash uchun CaO ning sarfi kuniga 2016 t ekanligi hamda bu qolgan reagentlarga nisbatan eng iqtisodiy samarador ekanligini baholash imkonini bergan.