Razzaqov Qahramon Bekdurdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm vohasi karam agrotsenozi entomofaunasi: shakllanishi, funksiyalanishi va ularni boshqarishning zamonaviy biologik asoslari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B323.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Alimardan Yusupovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karam agrotsenozi entomofaunasi strukturaviy-funksional tarkibini aniqlash va ularni boshqarishning biologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm vohasi karam agrotsenozida uchrovchi hasharotlar entomofaunasining 9 turkum, 33 oila, 94 avlod va 170 turga mansub ro‘yxati tuzilgan;
ilk bor Xorazm vohasi (shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlari) uchun karam agrotsenozi fitofaglarning 6 turkumga mansub 15 oila, 26 avlod, 35 turi, entomofaglarning 4 turkum, 6 oila, 14 avlodga mansub 27 turi aniqlangan;
ilk bor respublika faunasi uchun karamning jiddiy zararkunandasi bahorgi karam pashshasi (Delia brassicae Bouche) biologiyasi o‘rganilgan;
“Lepidotsid” bakterial preparatining karam kuyasi va karam oq kapalagiga qarshi biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorazm vohasi karam agrotsenozi entomofaunasi: shakllanishi, funksiyalanishi va ularni boshqarishning zamonaviy biologik asoslari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm vohasi (shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlari) hududlarida karam agrotsenozida dominant fitofaglarning 7 turkumga mansub 71 tur, entomofaglarning 5 turkum 99 turga mansub ro‘yxati shakillangan va ularning bioekologik xususiyatlari asoslanib Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 1 martdagi 02/18-465-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda Xorazm vohasi karam agrotsenozi entomofaunasining turlar tarkibi aniqlash, karam entomofaunasining sistematik va ekologik tahlil qilish, fitofaglar sonining ekologik va biologik faktorlar ta’sirida o‘zgarishi va “Rekomendatsiya po biologicheskim bor`be s krestotsvetnimi klopami» mavzusida tavsiyanoma chop qilish imkonini bergan;
2019-2020 yillarda Xiva tumani karam o‘simligi shira bitlariga qarshi oltinko‘zni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Raximbergan Xoji Anbar”, “Davron”, Xonqa tumani “Ravshanbek Jamolbek” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zagrokimyohimoya aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 1 apreldagi 02-13/166-son ma’lumotnomasi). Natijada shira bitlari iqtisodiy zarar etkazish mezonidan ya’ni har bir o‘simlikda o‘rtacha 0,06-0,08 donadan past bo‘lib, 87% biologik samaradorlikga erishish imkonini bergan;
Xorazm vohasi hududida “Lepidotsid” mikrobiologik preparatining 2,5 l/ga sarf me’yori asosida karam agrotsenozlarida keng tarqalgan karam oq kapalagi qurtlari va karam kuyasiga qarshi ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Xiva tumanining “Raximbergen Xoji Anbar”, “Davron”, Qo‘shko‘pir tumanining “Zirota 21”, Xonqa tumanining “Ravshanbek Jamolbek” fermer xo‘jaliklari karam agrotsenozlarida zararkunondalar tarqalishini oldini olish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 apreldagi 02/025-1586-son ma’lumotnomasi). Natijada, karam zararkunondalariga nisbatan 43,6 t/ga hosildorlik erishilgan va rentabellik 22 % bo‘lishi kuzatilib, o‘rtacha 1,3 mln so‘m sof foyda olish imkonini bergan;
Xorazm vohasi karam agrotsenozi entomofaunasining 170 turga mansub 213 nusxasi Respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 23 apreldagi 4/1255-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Respublikamizning turli xududlarida karam entomofaunasining fitofag va entomofaglar tur tarkibini aniklash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, ularning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganishda va atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan.