Maxmarejabov Dilmurod Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qiyin boyitiluvchi oltinli rudalarni boyitish va gidrometallurgik usullarni birgalikda qo‘llab qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1761.
Ilmiy rahbar: Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc. 17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Toshqodirova Rano Erkinjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qiyin boyitiluvchi oltinli rudalarni boyitishda boyitish va gidrometallurgik usullarni bir texnologik sxemada birlashtirib qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish, boyitish jarayonida ishlatiladigan an’anaviy reagentlarni faolligini oshirish va miqdorini qisman mahalliy sanoat korxonalaridan olinadigan reagentlarga almashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Navoiyazot» AJ korxonasi chiqindisining moddiy tarkibi xamda undan olingan akril kislotasi va poliakrilamidning suvda eruvchi sopolimeri SD-1 reagentini boyitilishi qiyin bo‘lgan oltinli rudalarni flotatsiya usulida boyitishda mahalliy reagent sifatida qo‘llash mumkinligi aniqlangan;
qiyin boyitiluvchi oltinli rudalarni dastlab gravitatsiya usulida boyitilib, so‘ngra gravitatsiya chiqindilarini flotatsiya usulida boyitish natijasida oltin va kumushning ajralishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan, shuningdek to‘plovchi reagent sarfining qisman qisqarishi aniqlangan;
ksantogenatning (ROCS2Me) qisman diksantogenatga ((ROCSS)2) o‘tishi va natijada boyitilishi qiyin bo‘lgan oltinli rudalarni boyitishda boyitiluvchanlik samaradorligining ortishi isbotlangan;
flotatsiya jarayonida yangi mahalliy to‘plovchi reagent SD-1 ni an’anaviy reagent BKK bilan birgalikda qo‘llash natijasida BKKning sarfini 50% ga qisqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qiyin boyitiluvchi oltinli rudalarni boyitish va gidrometallurgik usullarni qo‘llab qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy reagent BKK elektrokimyoviy usulda faollashtirilib, «Auminzo-Amantoy» konining Shimoliy va Markaziy uchastkalari ruda namunalarining aralashmasini flotatsiya usuli «Mineral resurslar instituti» davlat muassasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 14-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltinning flotoboyitmaga ajralish ko‘rsatgichi an’anaviy reagentlardan foydalanilganda olingan ko‘rsatgichdan 0,7÷2,8% gacha oshish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologik sxema bo‘yicha «Auminzo-Amantoy» konining Shimoliy va Markaziy uchastkalari ruda namunalarining aralashmasini gravitatsiya usulida boyitish «Mineral resurslar instituti» davlat muassasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 14-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, gravitatsiya usulini qo‘llash, oltin va kumushning gravioboyitmaga ajralishini 80,09% va 67,50% ga etkazishga imkoni bergan.
tavsiya qilingan texnologiya bo‘yicha «Auminzo-Amantoy» konining Shimoliy va Markaziy uchastkalari ruda namunalarining aralashmasini gravitatsiya yordamida boyitish chiqindilarini flotatsiya orqali boyitishda an’anaviy reagent BKK eritmasini elektrokimyoviy faollashtirish usuli «Mineral resurslar instituti» davlat muassasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 14-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrokimyoviy faollashtirilgan reagentni qo‘llash oltin va kumushning boyitmalarga umumiy ajralishini tegishli ravishda 91,8-94,2% va 81,3-85,92% ga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish