Rajabboev Ibodulla Murodullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uchquduq uran chiqindilarini qayta ishlashning fizik-kimyoviy va texnologik asoslari», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2277.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc. 17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kurbanov Mashxur Amonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Uchquduq uran konlari chiqindilarini qayta ishlashda xlorid-ion miqdori yuqori bo‘lgan eritmalardan uranni sorbsiyalashda anionitlarni xossasini xamda uranni sorbsiyalash jarayoniga mavsumiy past haroratni ta’sirini aniqlash asosida uranni ajratib olish darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uchquduq uran chiqindilarini qayta ishlashda rekul`tivatsiya eritmalaridagi xloridlarni nisbatan yuqori miqdorda (2-2,5 g/l) bo‘lishligining sababi ularni ruda chiqindilari va er osti suvlari tarkibida yuqori miqdorda bo‘lishligi va to‘liq eritmaga o‘tishi aniqlangan; 
rekul`tivatsiya eritmalarida xlorid ionlarining konsentratsiyasi 0,05 mol`/dm3 gacha oshganda anionitlarga yutilmagan kationli UO2Cl+ komplekslarni ulushi ortishi hisobiga qatronning uran bo‘yicha sig‘imi kamayishini qo‘shimcha mexanizmi va xlorid ionlarini ruxsat etilgan miqdorini texnologik parametrlari ishlab chiqilgan; 
Uchquduq uran chiqindilarini qayta ishlashda rekul`tivatsiya eritmalaridan uranni sorbsiyalash jarayonlarida ishlatiladigan anionitlarni barcha fizik-kimyoviy va texnologik parametrlari bo‘yicha sifat mezonlari ishlab chiqilgan va eng yaxshi xossani VO-020 anioniti namoyon qilishi aniqlangan;
rekul`tivatsiya eritmalaridan uranni sorbsiyali ajratib olish anonitlarni saqlash va tashishda suvni miqdoriga bog‘liqlik texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
234U/238U izotoplari orasidagi Krm-radioaktiv muvozanatni buzilishi o‘rganilgan va er osti suvlari tarkibi α-spektrometr usuli bilan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Uchquduq uran chiqindilarini qayta ishlashda rekul`tivatsiya eritmlaridan uranni ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uran ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi Shimoliy kon boshqarmasi geotexnologik konining uran tarkibli chiqindilarni qayta ishlash bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 6 apreldagi 02-06-07/3689-son ma’lumotnomasi). Natijada, balansdan tashqari uran tarkibli chiqindilardan uranni yuqori miqdorda ajratib olish darajasiga erishish imkonini bergan;
uran sorbsiyasining texnologik jarayonlarida va ularni tashishda ionalmashuvchi qatronlar sifatiga manfiy haroratni ta’sirida qatronning mexanik xususiyatlarini kamayishini hisobga olgan holda texnologik reglamentlari Shimoliy kon boshqarmasi geotexnologik konida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 6 apreldagi 02-06-07/3689-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumiy past (manfiy) haroratlarda ionalmashuvchi qatronlarning muzlashini oldini olish va ularni texnologik jarayonlarda qayta ishlatilishini oshishiga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish