Jangabaev Aydos Sarsenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston tovuqsimonlar (Aves: Galliformes) turkumi qushlari parazitlarining faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B547.
Ilmiy rahbar: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Allamuratov Shadimurat Toremuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning tovuqsimonlar turkumi xonaki va yovvoyi qushlari gel`mintlari faunasi zamonaviy tur tarkibini aniqlash, tovuqsimonlar va ularning gel`mintlari biotsenotik munosabatlarini tahlil qilish, shuningdek, o‘rganilayotgan mintaqada mahalliy tovuqsimonlar gel`mintozlarining oldini olish usullari va vositalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘istonning xonaki va yovvoyi tovuqsimonlarining Cestoda, Trematoda va Nematoda sinflariga mansub 29 turdan iborat gel`mintlar faunasi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston tovuqsimonlari gel`mintlarining jami faunasidan 9 turi: Collyriclum faba, Plagiorchis arcuatus, Ascaridia numidae, Subulura skrjabini, Tetrameres timopheevi, T.ihuillieri, Dyspharynx nasuta, Diplotriaena perdicis, Splendidofilaria papillocerca O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
o‘rganilgan xonaki va yovvoyi tovuqsimon qushlar guruhlari gel`mintlarining tur tarkibi, mos ravishda 24 va 23, o‘xshashligi izohlangan;
tasmasimon chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar va to‘garak chuvalchanglar sinflari vakillaridan iborat tovuqsimonlarning alohida turlari gel`mintlar faunasining strukturasi aniqlangan: tovuqlarda – 22 tur, kurkalarda – 18, sesarkalarda – 10, kakliklarda – 10, kulrang kaklikda – 7, bedanada – 6 va oddiy qirg‘ovulda – 10 tur.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘iston tovuqsimonlar (Aves: Galliformes) turkumi qushlari parazitlarining faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xonaki tovuq va kurkalarni gel`mintozlardan degel`mintizatsiya qilish uchun hamda yosh tovuqlar va kurkalarning ko‘p miqdorda saqlanib qolishi va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Nukus shahri va Chimboy tumanlaridagi parrandachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 33/04–499-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovuq va kurkalarning asosiy tasmasimon chuvalchanglari bilan zararlanishida levamizol, tiabendazol va prazikvantel preparatlarini qo‘llash orqali 90-100% samaradorlikka erishish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘istonning xududiy biotsenozidagi tovuksimonlarning parazit gel`mintlarining turlar xilma-xilligini, yovvoyi tabiatda tarqalgan tovuqsimonlar va uy parrandalarining gel`mintofaunasining shakllanish xususiyatlarini, biotsenozlarda tovuqsimonlar gel`mintlarining biotsenotik aloqalarini aniqlash va ularning gel`mintozlarining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 01/18-2154-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston hududida tovuqsimonlar gelmintozlarini monitoring qilish va kasalliklar bilan zararlanish darajasini kamaytirish imkonini bergan.