Djalalov Baxromjan Begmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped490.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika ta’lim sohasi talabalarining innovatsion kompetentligini shakllantirish jarayoni tuzilmasi o‘zaro bir-biri bilan aloqadorlikka ega motivatsion, refleksiv, kreativ komponentlarni mezonli ko‘rsatkichlar bilan reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarda radiant namoyon bo‘lish davriyligi tipikligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirishning autopedagogik xususiyatlari kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi didaktik, metodik, tadqiqotchilikka doir, psixologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni kreativ ta’lim muhiti orqali rivojlantirishning integrativ-modulli jihatini shaxsiy salohiyat bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponenti nazariy va amaliy blokni qayta aloqaga kirishuvini ta’minlaydigan tahliliy, amaliy, umumlashtiruvchi bosqichlarda informal tarzda kiritish imkonini beruvchi pedagogik praktikum (“Yosh innovator” to‘garagi)ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari kontekstli ta’limni amalga oshirish, rivojlantiruvchi treninglar, aralash ta’lim, SMART va STEAM texnologiyalarini integrativ qo‘llash, sub’ektiv pozisiyani tarkib toptirish kabi indikatorlarni sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan o‘zaro birgalikdagi harakatlar tizimi bilan kooperativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
pedagogika ta’lim sohasi talabalarining innovatsion kompetentligini shakllantirish jarayoni tuzilmasini o‘zaro bir-biri bilan aloqadorlikka ega motivatsion, kognitiv, refleksiv, kreativ komponentlarni mezonli ko‘rsatkichlar bilan reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarda radiant namoyon bo‘lish davriyligi tipikligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi Davlat ta’lim standarti va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 89-03-2914-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan innovatsion kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirishning autopedagogik xususiyatlari kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi didaktik, metodik, tadqiqotchilikka doir, psixologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni kreativ ta’lim muhiti orqali rivojlantirishning integrativ-modulli jihatini shaxsiy salohiyat bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-099. “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 89-03-2914-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shartlarini kontekstli ta’limni amalga oshirish, rivojlantiruvchi treninglar, aralash ta’lim, SMART va STEAM texnologiyalarini integrativ qo‘llash, sub’ektiv pozisiyani tarkib toptirish kabi indikatorlarni sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan o‘zaro birgalikdagi harakatlar tizimi bilan kooperativligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 89-03-2914-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.