Karimova Nargiza Abdugafurovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish (8-9 sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped794.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’limda biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning metodik o‘ziga xos xususiyatlari mazkur jarayonni tashkil etish bilan aloqador tizimli-funksional, kompleks, tabaqalashtirilgan yondashuvlarni kasb tanlashga doir “Men xohlayman”, “Men qila olishim kerak”, “Men qilaman” klassik uchlik tizimni biologik ta’lim mazmuni bilan dialektik uyg‘unlashuvga erishish imkoniyatini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda integrativ yondashuvning metodik imkoniyatlaridan foydalanish jarayoni sitologik, genetik, evolyusion, ekologik soha bilan aloqador “odam-tabiat” tasnifiga aloqador kasb-hunarlarni biologik ta’limning an’anaviy va innovatsion shakllari bilan integratsiyasini ta’minlash, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimini xususiy-metodik darajasini intensiv loyihalash algoritmining adaptivligini jadallashtirish orqali aniqlashtirilgan;
biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning tashkiliy-pedagogik modelining amaliy komponenti modulli mashg‘ulotning identiv maqsadlarini aniqlashtirish, kutiladigan natijalarga mos tarzda kasbiy-o‘quv topshiriqlarini pedagogik loyihalash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi, taksonomik identikligini, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish texnologiyasiga muvofiqlik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning interfaol tizimi mualliflik elektron-uslubiy majmuani  interfaol o‘yinli darslar va virtual ekskursiyalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning individual, guruhli, ommaviy ish shakllariga tatbiq etish orqali identifikatsiya jarayonlarining jadalligi barqarorligini muntazam ta’minlab borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
umumiy o‘rta ta’limda biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning metodik o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur jarayonni tashkil etish bilan aloqador tizimli-funksional, kompleks, tabaqalashtirilgan yondashuvlarni kasb tanlashga doir “Men xohlayman”, “Men qila olishim kerak”, “Men qilaman” klassik uchlik tizimni biologik ta’lim mazmuni bilan dialektik uyg‘unlashuviga erishish imkoniyatini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktorining 2020 yil 25 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 oktyabrdagi 01/11-02/02-1524-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda integrativ yondashuvning metodik imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini aniqlashtirish, biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning tashkiliy-pedagogik modelining amaliy komponentini modulli mashg‘ulotning identiv maqsadlarini aniqlashtirish, kutiladigan natijalarga mos tarzda kasbiy-o‘quv topshiriqlarini pedagogik loyihalash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi taksonomik identikligini bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish texnologiyasiga muvofiqlik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan P3-2014-0910185149. “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2014-2016 yy.) amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5228-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya ta’limi orqali o‘quvchilarda kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning interfaol tizimini mualliflik elektron-uslubiy majmuani  interfaol o‘yinli darslar va virtual ekskursiyalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning individual, guruhli, ommaviy ish shakllariga tatbiq etish orqali identifikatsiya jarayonlarining jadalligi barqarorligini muntazam ta’minlab borish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Kasbim-kelajagim” nomli yagona kasbiy axborot platformasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 oktyabrdagi 01/11-02/02-1524-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning elektron-metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish