Ismailov Murodulla Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2683
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Zuxra Abdurahmon qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonining tayyorlov, yakuniy fazalariga ustuvorlik berish asosida fikr yuritishning motivatsion, refleksivlik, operatsion ko‘nikmalari hamda yo‘naltiruvchi, emotsional barqarorlik, mazmunli kabi sanogen xulq-atvorga oid tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari fikrlarni tashqi ifodalay olish, fikrlash jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik, o‘z-o‘zini ishontirish, nazoratning yuqoriligi, emotsionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
sanogen va patogen fikrlashning o‘zaro teskari proporsional aloqadorlikka egaligini hisobga olish, shuningdek, refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli ishlab chiqilgan;
emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va korreksion-rivojlantiruvchi tavsifga ega auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv kabi tashkiliy komponentlar bilan o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonining kognitiv, tayyorlov, yakuniy fazalariga ustuvorlik berish asosida fikr yuritishning motivatsion, refleksivlik, operatsion ko‘nikmalari hamda yo‘naltiruvchi, emotsional barqarorlik, mazmunli kabi sanogen xulq-atvorga oid tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01/11-02/02-1395-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda sog‘lom tafakkurni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini fikrlarni tashqi ifodalay olish, fikrlash jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik, o‘z-o‘zini ishontirish, nazoratning yuqorililigi, emotsionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillarning ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01/11-02/02-1395-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kouch-trenerlik faoliyatiga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sanogen va patogen fikrlashning o‘zaro teskari proporsional aloqadorlikka egaligini hisobga olish, shuningdek, refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli, bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01/11-02/02-1395-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom dunyoqarash va e’tiqodni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan.