Sayt test rejimida ishlamoqda

Niyozov Muxamad Baxronovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akademik lisey o‘quvchilarini web texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1595.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universitetida bajarilgan.
Ilmiy raxbar: Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda Web texnologiyalarga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish va undan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
akademik liseylar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Web texnologiyalarga asoslangan elektron ta’lim resurslari yaratishga oid talablar va tavsiyalar psixologik-pedagogik, didaktik, texnik va metodik jihatdan takomillashtirilgan hamda tashkiliy tuzilmasi yaratilgan;
akademik liseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda Web texnologiyalarga asoslangan elektron ta’lim resurslari tuzilmasi nazariy, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini o‘tkazishda “Blended learning (aralash ta’lim)” texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Web texnologiyalar asosida masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim olish imkonini beruvchi ochiq ta’lim resursi (platforma)ning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
akademik liseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini aniqlovchi mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida Web texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib takomillashtirilgan baholash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik liseylarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini web texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Akademik liseylarda Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish” nomli metodik qo‘llanmasi va fan bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv-metodik materiallar hamda elektron o‘qitish kursi (masofali o‘qitish platformasi) akademik liseylarda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitish vositasi sifatida masofadan o‘qitish elementlarini joriy etgan holda nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchilarga etkazishda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5567-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda akademik lisey talabalarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani doirasida o‘quv-metodik materiallarni didaktik va texnik talablar asosida yaratish, o‘qitishni modul` tizimiga asoslanib tashkil qilish, o‘qitishni tashkiliy jihatlarini yo‘lga qo‘yishda LCMS (o‘qitishni va o‘quv kontentini boshqarish tizimlari)dan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5567-son ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha elektron ta’lim resursi yaratilgan (www.el-talim.uz).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish