Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxmudova Madinaxon Sobirxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak logopedlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2020.2.PhD/Ped1586.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna, (PhD), dotsent v/b.
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak logopedlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logopediya o‘quv moduli tarkibidagi mustaqil ta’lim mazmuni didaktik-modulli korreksion ta’lim amaliyoti talablarining aqliy faollik kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan differensiyaviy adaptivlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning kasbiy motivatsiyasini loyihalashtirishning variativ, korreksion-pedagogik elementlari intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi vizual xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli inklyuziv ta’limning loyiha, axborot bilan ishlash texnologiyalarining kognitiv xususiyatlari, qulay harakatlanish dinamikasining auditoriyadan tashqari faoliyatini tashkil qilish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalari mustaqil ta’lim jarayonida intensiv rivojlantirish inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan treninglar majmuini “My test”, “Auto play”, “I spring” dasturlari imkoniyatlarini namoyish qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak defektologlarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Logopediya” o‘quv moduli tarkibidagi mustaqil ta’lim mazmuni korreksion ta’lim amaliyoti talablarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga adaptivlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-103-son guvoxnoma). Natijada, talabalarning logopediya moduli mavzularini mustaqil o‘zlashtirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
mustaqil ta’limni tashkil qilish mexanizmlari bo‘lajak logopedlarning kasbiy motivatsiyasini  rivojlantirishning variativ yondashuvlariga korreksion-pedagogik improvizatsiya elementlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-103-son guvoxnomasi). Natijada, talabalarning logopediya moduli mavzularini mustaqil o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan;
oliy ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli innovatsion ta’lim muhiti tamoyillari hamda loyiha, axborot bilan ishlash texnologiyalarining o‘zaro transformatsiyasi asosida modernizatsiyalashga oid takliflar ITD-1-61- raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4236-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo‘lajak defektologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini mustaqil ta’lim jarayonida intensiv rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida “Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-103-son guvoxnoma). Natijada, talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish