Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «5-6-sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi» 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1652
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatova Gulshan Amankulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 5–6-sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyalari tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik yondashuvlar hamda kompetentlilik mezonlarini refleksiv mashqlar va muloqotni faollashtirish jarayonlarini emotsional va interpritativ ta’sirchanlik darajalariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-6 sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetensiyalarning didaktik komponentlari fundamental va amaliy yo‘nalganlik, individuallik, pedagogik hamkorlik, til, nutq, ijtimoiy-madaniy, o‘qib-tushunish va kompensator ko‘nikmalari rivojlanishini stilistik differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida 5-6 sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Qayta hikoyalash”, “Pinboard”, “Disskurs”, “Interv`yu”, matn va lug‘at ustidagi tasvirlash, izohlash, muhokama, taqqoslash ishlari imkoniyatlarini evristik va produktiv faoliyatli ta’limning o‘zaro uyg‘unligi adabiy talaffuz ko‘nikmalari va imloviy savodxonlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
5–6-sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetensiyalar ijtimoiy-madaniy, kommunikativ va tizimli yondashuvlar hamda o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish samaradorligini aniqlovchi faoliyatli, natijaviy mezonlarni qo‘llay olish darajalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5–6-sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
5–6-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik yondashuvlar hamda kompetentlilik mezonlarini aniqlashtirishga oid takliflar YoA-1-20 raqamli “O‘quvchilarda kasbiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirishning integrativ-metodik vositalarini yaratish” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 avgustdagi 02-07-2040/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik, psixologik va metodik imkoniyatlarini kengaytrish ikmoniyati yaratilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik komponentlari fundamental va amaliy yo‘nalganlikni individuallik, pedagogik hamkorlik, ko‘rgazmalilik tamoyillari asosida o‘zaro optimallashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-110-son ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik komponentlari takomillashtirishgan;
5–6-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Qayta hikoyalash” (Picture story), “Pinboard”, “Disskurs”, “Interv`yu” kabi faol o‘qitish metodlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-110-son ruxsatnomasi). Natijada ona tili darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan lingvistik kompetensiyani rivojlantirish metodikasin takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish yuzasidan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid tavsiyalar asosida “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-110-son ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.