Umarov Bahrom Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish (10-11-sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2502.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Irgash To‘raevich Choriev, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped 78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda innovatsion yondashuv asoslarini belgilash, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinergetik, majmuaviy, shaxsga yo‘naltirilgan didaktik imkoniyatlarning o‘quvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning affilyativ motivlari, verbal va noverbal nutq ko‘nikmalari, og‘zaki va yozma nutqning fikrlash jarayonlariga intensiv ta’siri bilan bevosita bog‘liq pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
kommunikativ ta’lim asosida maktabda o‘qitish muhitining sifat va samaradorlikka ta’sirini belgilash jarayon sub’ektlarining interfaol muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, kommunikatsiyaga nisbatan mayllarning barqarorligini ta’minlash, sub’ekt-sub’ekt munosabatlarida ijtimoiy identifikatsiyaning ustuvorligiga tayanadigan pedagogik mexanizmni takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti yo‘naltiruvchi, izohlovchi, moslashuvchan, namoyishli tarkibiy asoslarga muvofiq keluvchi “motiv, bilim, refleksiya, ko‘nikma, malaka, amaliy faoliyat tajribasi, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash, o‘z o‘rnini belgilash indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot texnika va texnologiyalari bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari darsning anglash bosqichida “Kommunikativ hujum”, “Fincha hikoya aytish” va “Kommunikativ o‘qitish va o‘rganish”, “To‘xtab o‘qish”, “Muhokama” strategiyalarini o‘qitish maqsadiga muvofiq qo‘llash, refleksiya jarayonida “Diskurs tahlil”, “3 darajali test” orqali kommunikativ sifatlarning shakllanganligini baholashning diagnostik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilar kommunikativ kompententligini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, texnologik va refleksiv mezonlari hamda vositalarining axloqiy–estetik xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari”ning mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 iyuldagi 01/11-01/10-1071-son ma’lumotnomasi). Mazkur mezonlar fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda kommunikativ o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishni takomillashtirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
o‘quvchilar kommunikativ kompetentligining integrativ ta’siriga doir takliflardan “Tarbiya” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 iyuldagi 01/11-01/10-1071-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish mazmuni ijtimoiy moslashish va o‘z-o‘zini belgilashga doir o‘quv materiallari bilan boyitishga erishgan.
o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini aniqlash mezonlariga doir takliflardan umumta’limning milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 iyuldagi 01/11-01/10-1071-son ma’lumotnomasi). Ushbu milliy o‘quv dasturlari darslik va o‘quv qo‘llanmalaridagi kommunikativ o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;
o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari darsning anglash bosqichida “Kommunikativ hujum”, “Fincha hikoya aytish” va “Kommunikativ o‘qitish va o‘rganish”, “To‘xtab o‘qish”, “Muhokama” strategiyalarini o‘qitish maqsadiga muvofiq qo‘llash, refleksiya jarayonida “Diskurs tahlil”, “3 darajali test” orqali kommunikativ sifatlarning shakllanganligini baholashning diagnostik tizimini ishlab chiqish asosidagi xulosalardan umumta’lim maktablari o‘quvchilarini PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarga muvaffaqiyatli tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 iyuldagi 01/11-01/10-1071-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish asosida ularni o‘quv yutuqlariga erishishga tayyorlashning kommunikativ shakllarini amaliyotga qo‘llash samaradorligi oshgan.