Xolmuminova Oygul Jumaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1089.
Ilmiy rahbar: Xudoykulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonov Muhammadi Baxritdinovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilariga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahallaning hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligi ustuvorligining pedagogik-psixologik imkoniyatlari(motivatsion, intellektual)ning ahamiyati milliy an’ana, huquqiy meros, diniy-ekologik qadriyatlar mutanosibligini mental-etnopedagogik xususiyatlarga (ustuvor yo‘nalishlari, marosimlar, qadriyatlar) uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligining tizimli va mazmunli modeli o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoatchilik va huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro bog‘liqligi metodik, umumkasbiy kompetensiyalarni, integrativ, tashkiliy, diagnostik funksiyalari va pedagogik, kompetensiyalarini o‘zaro integratsiyalash asosida modulli ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini zamonaviy rivojlantirish modelining vazifalari, vosita va shakllarining tanlanishi orqali o‘quvchi shaxsining komillik jarayoni tahlili aniqlashtirilib, o‘zini o‘zi korreksiyalash va hissiyotli-qadrli munosabatlari mutaxassislikka mos, kasbga yo‘naltirishga asoslangan, tizimlashtirilgan va dasturlashtirilgan axborot ta’minoti ekologik-huquqiy tarbiya samaradorligini ta’minlovchi asosiy vositalar ekanligi dalillangan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini barqarorlashtirishda ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerentopedagogik imkoniyatlar (ma’rifat va ibrat, tajriba va munosabat, ma’naviy-axloqiy muhit) o‘zaro hamkorlik strategiyasi va milliy an’analarni zamonaviy talablarga identiv moslashtirish (an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar integratsiyalashuvi)ning global va lokal xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari quyidagilar asosida:
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirishga tizimli yondashish orqali ekologik-huquqiy tarbiyaga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosidagi natijalardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son qaroriga asosan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat Qo‘mitasi va Jamoatchilik Kengashining 2018 yil 9 oktyabrdagi 03-01/6-4289-son, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat Qo‘mitasining 2019 yil 16 maydagi 03-2361-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berish jarayoni va maktab, oila va mahalla hamkorligi samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirishga xizmat qiladigan mezonlarga oid takliflardan Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining 2019 yil 4 dekabrdagi 02/4-9-01/143-son, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 04/1-2-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilarga o‘qitiladigan “Konstitusiya olamiga sayohat”, “Tarbiya” va “Davlat va huquq asoslari” fanlaridan dars o‘tishda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ta’lim faoliyatini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini mustahkamlashda jamoat tashkilotlari faoliyati o‘rni va rolini yanada takomillashtirishga oid xulosalardan “EKOSAN” xalqaro jamoat fondi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “EKOSAN” Ekologiya va salomatlik Xalqaro Xayriya Jamoat Fondining 2020 yil 10 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, “EKOSAN” xalqaro jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda ekologik-huquqiy tarbiya berishda oila va mahalla hamkorligini mustahkamlashning samaradorligiga erishilgan.
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirishda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlar asosida ekologik ta’limni samaradorligini oshirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasini Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2020 yil 19 iyundagi 01/09-407-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori 4-bobining 16-17-18-19-20 va 21-bandlari hamda “Maktabdan tashqari ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish” ga bag‘ishlangan 9-bobning 46-47-48-bandlari talablarini amalga oshirishga xizmat qilib, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, “Konstitusiya olamiga sayohat” fanlaridan dars o‘tishda tatbiq etilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takomillashtirishda ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish va darslarni zamon talablari asosida olib borish (ibrat, tajriba, munosabat va ekologik-huquqiy madaniyat) dan samarali foydalanishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2477-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida ko‘rsatilgan pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy ekologik-huquqiy bilim va sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilishda zamon talabi asosida olib borishni takomillashtirishning samaradorlik darajasini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini zamon talabi asosida olib borish, ekologik va agrar qonunlarning ahamiyatini ekologik-huquqiy manba sifatida keng o‘rganish va ularni ustivorligini ta’minlashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasida qonunchilikni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2020 yil 30 iyundagi 04/4-05-1762-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika ta’limi sohasini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini zamon talabi asosida olib borishda ekologik va agrar qonunlarning ahamiyatli hamda o‘ta muhim ekanligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish