Qosimova Gavhar Islomovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2727.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped 70.02.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsora Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tabiiy-ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs tabiiy-ilmiy dunyoqarashining konseptual asosi (tabiiy ilmiy bilimlar, qarashlar, ideal) hamda ishonch va e’tiqod kabi mazmuniy komponentlari idrok, diqqat, xayol, tafakkurning assotsiativ xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
atrof olam tabiiy-ilmiy manzarasini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantirish modeli jarayondagi yaxlitlik, uzviylik, uzluksizlik, integrativlik va ko‘rgazmalilik tamoyillari hamda tabiiy-ilmiy dunyoqarashning tabiiy-ilmiy bilimlar, qarashlar, tabiiy ilmiy ideal, ishonchning mavjudligi kabi mezonlari asosida sinfda va sinfdan tashqari tadbirlar yo‘nalishlarida takomillashtirilgan;
tabiiy jarayonlar va hodisalarni yaxlit va tizimli tarzda o‘zlashtirishlari uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini atrof olam haqidagi tabiiy-ilmiy bilimlarining integratsiyalashuvi, atrof olamni tizimli o‘zlashtirish harakat mexanizmida namoyon bo‘lishi virtual ekspedisiya, imitatsion didaktik o‘yinlar, erkin topshiriqlar tizimi mazmuniga tayangan holda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasi boyitilgan;
o‘quvchilar tabiiy-ilmiy dunyoqarashini takomillashtirish metodikasining muhim komponenti sifatida sinfdan tashqari tadbirlarning bolalar propedevtik kurslar, bolalar ekoklublari, fan to‘garaklari faoliyatini tashkil etish mexanizmlari konseptuallik, integrativlik, variativlik tamoyillariga tayangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim va tarbiya tizimida o‘quvchilar tabiiy-ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha tayyorlangan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar tabiiy-ilmiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonini tizimli tashkil etishga tayyorlash metodikasiga doir nazariy qarashlar, tajribalar, metodikalar umumlashtirilgan holda “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356//116-son guvohnoma). Hatijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik jihatdan tayyorlash jarayoning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasiga doir tabiatshunoslik darslarini samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan interaktiv metodlar, didaktik o‘yinlar, “Virtual ekspedisiya” materiallaridan Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 08 avgustdagi 01/11-01/10-1204-son – ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari faoliyatlari davomida ekoklub va to‘garaklar faoliyatlarini tashkil etish, erkin topshiriqlar tizimini yaratishga doir tajribalaridan hamda sinfdan tashqari jarayonda o‘quvchilar faoliyatini ratsional tashkil etishga doir ilmiy xulosalaridan F3-22020001064 “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 08 avgustdagi 01/11-01/10-1204-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi tizimini samarali uyushtirish imkonini bergan.