Muminov Davron Kadirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni erta reabilitatsiyasi (klinik-patogenetik va terapevtik aspektlari)» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib484.
Ilmiy maslahatchi: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tiibiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ning erta reabilitatsiya davrining klinik va patogenetik xususiyatlarini baholash va kasalliklarning tabiatini hisobga olgan holda bemorlarni mukammal boshqarish taktikasini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor retrospektiv tahlil asosida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda erta reabilitatsiya davrida nafas olish sindromi bilan bir qatorda prokoagulyant, yurak-qon tomir, autoimmun, nevrologik, distrofik klinik va patogenetik sindromlar qayd etilishi asoslangan;
postkovid sindromning klinik va patogenetik variantini aniqlashda birinchi marta yurakning strukturaviy va funksional holatini, tashqi nafas olish funksiyasini, o‘pkaning ul`tratovush tekshiruvi va autoimmunitet markerlarini va tizimli yallig‘lanish faolligini aniqlashning diagnostik ahamiyati asoslangan;
retrospektiv tahlil asosida o‘pka parenximasi fibrozi rivojlanishining prognostik belgilari aniqlanib, bronxial astma o‘pka parenximasi fibrozining rivojlanish xavfini 1,83 baravarga, o‘pka interstisial kasalliklari - 2,46 baravarga, semizlik va steatogepatit - 7,22 baravarga, yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqqandan keyin birinchi oyda tromboembolik hodisalar - 9,39 marta oshishi aniqlangan;
ilk bor PCFS shkalasi bo‘yicha bemorlarning past funksional holati COVID-19ning og‘ir kechishi, semirishning mavjudligi, miokardning strukturaviy va funksional holatining yanada aniq buzilishi, periferik qonda D dimer, antinuklear antitanachalar, ferritin yuqori darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor postkovid bemorlarda so‘nggi nuqtalar va tromboembolik hodisalarning rivojlanish xavfi «Post Covid-19 Functional Status - PCFS» shkalasi bo‘yicha bemorlarning past funksional holati, qonda D-dimer konsentratsiyasining oshishi va antinuklear antitanachalar mavjudligi bilan ortishi aniqlangan;
ilk bor postkovid sindromning klinik va patogenetik variantini aniqlash uchun diagnostik skrining COVID-19bilan kasallangan bemorlarda samarali terapiyani tanlash va asoratlarni kamaytirishga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19ning erta reabilitatsiya davrining klinik va patogenetik xususiyatlarini aniqlash va COVID-19ning erta reabilitisiya davrida bemorlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida bemorlarni davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/778-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma postkovid sindromning asoratlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan; 
COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida bemorlarning klinik holatini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida bemorlarning klinik holatini «Post Covid-19 Functional Status - PCFS» testidan foydalangan holda baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/779-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning funksional holatini baholash, shuningdek, postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarni aniqlash imkonini bergan;
postkovid xavf sindromining patogenetik variantlarini va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 08-09/19137-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga tatbiq etish COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida so‘nggi nuqtalar va tromboembolik hodisalarning rivojlanish xavfini prognoz qilish imkonini, postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarni kiritish uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish empirik davolash bilan solishtirganda 2,56 marta noxush so‘nggi nuqtalari rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish