Maxkamov Maxkamjon Kozimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miya ichi notravmatik qon quyilishlari va arteriovenoz mal`formatsiyalarini 3D-modellashni qo‘llagan holda jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish va genomini o‘rganish», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib611.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Parfyonov Valeriy Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori; Agzamov Mansurov Kamalovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gipertonik miya ichi qon quyilishlari genomi va arteriovenoz mal`formatsiyalarda 3D-modellashtirishni qo‘llash orqali jarrohlik davolash usulini optimallashtirish va genomini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora gipertonik miya ichi qon quyilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarning 30 kunlik omon qolish darajasi baholangan va ularni operatsiyadan keyin tirik qolish ko‘rsatkichlari asosida tanlangan mikroxirurgik jarroxlik usuli eng optimal ekanligi isbotlangan;
ilk bor DNKning 17-xromosomasida o‘zbek populyasiyasiga xos yangi genlar aniqlangan va ushbu genlar oila anamnezida arteriovenoz mal`formatsiya va arterial anevrizmalari bo‘lgan bolalarni diagnostik ahamiyati isbotlangan;
gipertonik miya ichi qon quyilishlarida bemorlarning es-hush darajasi, qon quyilish hajmi, bemorlarning yoshi va jarrohlik aralashuvining boshlanish vaqtiga ko‘ra amalga oshirilgan mikrojarrohlik aralashuvining samaradorligi isbotlangan;
miya ichi qon quyilishining 50 sm3dan kam va ong darajasi Glazgo koma shkalasi bo‘yicha 10 balldan baland bo‘lgan xollarida kengaytirilgan frezali teshik orqali bajariladigan differensiallashtirilgan xirurgik yondashuv asoslangan hamda gippertonik miya ichi qon quyilishlari 50 sm3dan ko‘p va ong darajasi Glazgo koma shkalasi bo‘yicha 10 balldan past bo‘lgan xollarda dekompressiv gemikranioektomiyaning samaradorligi isbotlangan;
arteriovenoz mal`formatsiyalarning angioarxitektonikasi va Spetzler-Martin & Lawton-Young shkalasi gradatsiyalari asosida differensial xirurgik yonlashuv samaradorligi isbotlangan, bunda I va II gradatsiyalarida bir modalli usulning qo‘llanilishi va III gradatsiya va undan yuqori bo‘lgan xollarda kombinatsiyalangan uslubning samaradorligi isbotlangan;
gipertonik miya ichi qon quyilishlari topik diagnostikasida 3D-modellashtirish ilk bora qo‘llanilgan hamda bosh miya tomirlari arteriovenoz mal`formatsiyalarining angioarxitektonikasi xususiyatlarini baholashda va optimal mikroxirurgik taktikani tanlashda uning roli isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya gipertonik miya ichi qon quyilishlari va arteriovenoz mal`farmatsiyalari bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
gipertonik miya ichi qon quyilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan «Gipertonik miya ichi qon quyilishlarini tashhislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 8n-z/445-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qayta qon quyilishi miqdorining va operatsiyadan keyingi letal xolatini kamayishi imkonini oshirgan;
gipertonik miya ichi qon quyilishlari jarroxlik amaliyotlaridan keyingi davrda kuzatishlar asosida ishlab chiqilgan «Gipertonik miya ichi qon quyilishlari bilan kasallangan bemorlarni 30 kunlik yashovchanlik imkoniyatini kompleks baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 8n-z/445-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qon quyilishlari miqdori va xushning buzilish darajasiga ko‘ra differensal yondashuv, ya’ni dekompressiv gemikranioektomiya yoki kengaytirilgan freza teshigi orqali gematomani olish usullarini tanlash 30 kunlik omon qolish imkoniyatini oshirgan;
gipertonik miya ichi qon quyilishlari bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Namangan filiallarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 8n-z/445-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, nogironlik darajasini 17%, o‘lim holatlarini 26% va klinikada qolish kunlari sonini 0,3%ga kamaytirish imkonini bergan.