Xamidov Anvar Mamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Anodli alyuminiy oksid asosida nanokompozitlarning olinishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K174.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki bosqichli anodli oksidlash usuli orqali anodli alyuminiy oksid (AAO) asosida g‘ovakli nanokompozit sistemalar olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini va gidrogenlash jarayonlarida katalitik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “yashil sintez” usulida Ni, Co va Mo metall nanozarrachalari sintez qilingan va ushbu nanozarrachalarni anodli alyuminiy oksid (AAO) membranasiga kiritish orqali g‘ovakli nanokompozit sistemalar olingan;
anodli oksidlash jarayonida g‘ovakliklar hosil bo‘lishiga elektrolit, uning harorati, elektrod tabiati, tok kuchi va vaqt kabi parametrlarning ta’siri aniqlangan;
ilk bor g‘ovakli AAO membranasi asosidagi nanotuzilishli katalizatorlar ishtirokida to‘yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash jarayoni amalga oshirilgan;
to‘yinmagan (S6-S8) uglevodorodlarni gidrogenlash jarayonlari uchun eng faol katalizator Ni/Al2O3 bo‘lib, mahalliy katalizatorlar bilan taqqoslanganda uning katalitik faolligi va selektivligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Anodli alyuminiy oksid asosida g‘ovakli nanokompozit sistemalarning olinishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘yinmagan (S6-S8) uglevodorodlarni gidrogenlash jarayoni Ni/Al2O3, Ni-So/Al2O3 va So-Mo/Al2O3 tarkibli katalizatorlar ishtirokida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ qoshidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 30/39-OR-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ni/Al2O3 tarkibli katalizator ishtirokida geksanning konversiya darajasi an’anaviy nikel`-molibden katalizatorlariga qaraganda haroratni 50 ºS gacha kamaytirish imkonini bergan;
anodli alyuminiy oksid asosida nanomateriallar sintez usullari “Design, Fabrication and Application of Micro/Nano Composite Electrode Based on ITO Nanowire Array” (ITO nanosimlari asosida mikro/nano kompozit elektrodini loyihalash, ishlab chiqarish va qo‘llash) mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihasida g‘ovakli metall oksidi nanomateriallarini olishda foydalanilgan (Xitoyning Kunming University Science and Technology universitetining 2021 yil 18 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yangi nanomateriallar olish imkonini bergan;
anodli oksidlash usuli yordamida olingan g‘ovakli alyuminiy oksidi asosidagi nanokompozit sistemalar PZ-20170929178 raqamli «Turli xil texnologik gazlar – suyultirilgan neft gazlarini quritish uchun adsorbent ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida to‘yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash jarayonida katalizator sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2021 yil 5 iyuldagi 25-06/2255-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan g‘ovakli nanokompozit sistemalar yordamida yuqori unum bilan to‘yingan uglevodorodlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish