Chutpulatov Muxammad Charievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz, rus va o‘zbek tillari gender leksikasining semantik va lingvostatistik xususiyatlarining qiyosiy tahlili», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil183.
Ilmiy rahbar: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Asqarova Shaxnoza Kamolidinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillari gender leksikasining qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda semantik va lingvostatistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi genderga oid leksikaning semantik va lingvostatistik xususiyatlarini monolingval va lingvokontrastiv aspektda ochish berish orqali qiyoslanayotgan tillarda gender aspektining namoyon bo‘lishi uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga asoslanishi dalillangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi genderga xos nutqning demokratlashuvi ayollar nutqining o‘z tabiiy gender xususiyatlarini saqlagan holda erkak nutqiga yaqinlashishi genderning “ijtimoiy mahsulot” sifatidagi konstruktivizm va interaksionizm konsepsiyalari asosida yuz berishi asoslangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari materiali asosida besh xil leksikaning (qisqartma-erkalovchi so‘zlar/murojaatlar, imperativlar, undov so‘zlar, haqoratomuz leksika, his-hayajonli birikmalar) ayollar va erkaklar nutqida qo‘llanilishining o‘rtacha chastotasini aniqlash orqali  gender rollarining maishiy muloqot ishtirokchilarining emotsional holatini belgilovchi biodeterministik va sotsiodeterministik maqomi isbotlangan;
erkak va ayol nutqi orasidagi gender farqlarning yo‘qolib borishi hamda maskulinlik va femininlik xususiyatlarining shaxsning ayrim kasbiy  faoliyatida mohiyatan gender belgilari bo‘yicha farqlanmasligi tilda mavjud bo‘lgan androtsentrizm omilining jamiyat vakillariga nisbatan ierarxik munosabatlarga, shuningdek qiyoslanayotgan tillarda rod kategoriyasining grammatik va leksik semantik aspektlarda turlicha namoyon bo‘lishiga asoslanishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gender leksikasining semantik va lingvostatistik xususiyatlarini qiyosiy tadqiq etish asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi genderga oid  leksikaning semantik va lingvostatistik xususiyatlari monolingval va lingvokontrastiv aspektda genderning sifat va miqdorga oid xususiyatlardan O‘zbekistondagi British Council “Oliy maktab uchun ingliz tili” loyihasi doirasida davlat boshqaruvi yo‘nalishidagi magistrlar uchun o‘quv dasturi va ingliz tili darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (Britaniya kengashining 2019 yil 4 oktyabrdagi OS-1664-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim magistratura tizimida gender leksika tilning boshqa leksik qatlamlari singari til tarkibida alohida o‘rinda ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan;
genderga xos bo‘lgan nutq demokratlashuvining hajmi va xususiyatlari turlicha bo‘lgan ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi  genderga xos nutqning demokratlashuvi ayollar nutqining o‘z tabiiy gender asoslarini saqlagan holda erkak nutqiga yaqinlashishiga doir xulosalardan Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Yuristning nutq madaniyati”, “Yuristlar uchun o‘zbek/rus tili” va “Yuristlar uchun ingliz tili” fanlari dasturlarini ishlab chiqish hamda o‘quv jarayonlarida keng foydalanilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining 2020 yil 22 dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada, bakalavr yo‘nalishidagi talabalarga tildagi gender masalalariga doir batafsil ma’lumot berishga erishilgan;
tadqiq etilayotgan tillarda genderning nafaqat lingvistik, balki milliy madaniyat, an’analar, milliy mentalitet, milliy sotsiumning diniy hamda erkaklar va ayollar nutqiy va xulqiy qarashlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanish xususiyatlari kabi ekstralingvistik  omillarga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xulosalardan Koreya Respublikasining Yonse universiteti  professori Kim Pak Suk rahbarligida tayyorlangan “Public Human Resource Management. At a Glance 2018” (Davlat boshqaruvida inson resurslari. 2018 yil nigohida) amaliy qo‘llanmasining “Mehnat tizimida gender tengligi” (Gender Equality Employment System) deb nomlangan 2-bobini o‘zbek tiliga tarjima qilishda samarali foydalanilgan. Ushbu qo‘llanmadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun “Menejmentning zamonaviy usullari” va “Inson resurslarini boshqarish” fanlari doirasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2020 yil 14 dekabrdagi 14/1049-son dalolatnomasi). Natijada mehnat tizimi faoliyati gender tenglikning o‘rni va tarjima jarayonida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi gender leksika alohida ahamiyat kasb etishi aniqlangan;
erkak va ayol nutqi orasidagi farqlarning yo‘qolib borishi maskulinlik va femininlik xususiyatlari shaxsning ayrim kasbiy  faoliyatida mohiyatan gender belgilari bo‘yicha farqlanmasligi  umumgender nutqiy va professional faoliyat shakllanishining muhim omili sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan “Mahalla” teleradiokanali DUK “Mahalla” radiosining “Ijtimoiy-huquqiy dasturlar” muharririyati orqali (2020 yil 24 dekabr`) efirga uzatilgan “Muloqot vaqti” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 dekabrdagi 04-117-son ma’lumotnomasi). Natijada maskulinlik va femininlik bo‘yicha asosiy tushunchalarning kasbiy va muloqot jarayonidagi farqlanishlari ilmiy nuqtai nazardan asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish