Begbo‘taev Azzam Eshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarmoq texnologiyalari fanini SMART-texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi», 13.00.02 - «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/Ped1096.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy - tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Ozod Rabbimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tarmoq texnologiyalari fanini SMART-texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoq texnologiyalari fanining mazmuni talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bulutli texnologiyalar, IoT–buyumlar interneti, NB-IoT texnologiyasi, Smart Campus, LPWAN va LoRaWAN, simsiz tarmoq texnologiyalari (Wibree, ZigBee, UWB, Wireless HD) kabi zamonaviy tarmoq texnologiyalari tushunchalarini kiritish orqali boyitilgan;
talabalarda tarmoq texnologiyalari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi hamkorlikda o‘qitish metodlari va SMART–texnologiyalarning texnik (Smart Digital Podium, Smartboard) hamda dasturiy (SMART Notebook, SMART Meeting Pro, SMART Bridgit) vositalarini o‘quv bosqichlarini darajalashga ko‘ra integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
tarmoq texnologiyalari faniga oid bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni baholash mezonlari (intellektual, faoliyatli va motivatsion) mazmuni o‘quv jarayonini talabalarning individual ko‘rsatkichlari asosida nazorat qilish hamda monitoringini olib borishning interaktivlik, moslashuvchanlik, mobillik va tezkor qaytar aloqani ta’minlash imkoniyatlarga ega onlayn dasturiy vositalarini (SMART Responce, Kahoot) qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalari fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishga yo‘naltirilgan elektron didaktik materiallarning (mediaresurslar, veb-sayt va tarmoq simulyator dasturi) o‘zaro integratsiyalashgan ta’lim muhiti hamda «Flipped classroom» metodining didaktik imkoniyatlari asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tarmoq texnologiyalari fanini SMART-texnologiyalari asosida integratsiyalashgan o‘quv muhitida o‘qitishni amalga oshirishning metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Tarmoq texnologiyalari fani bulutli texnologiyalar, IoT – buyumlar interneti, NB-IoT texnologiyasi, Smart Campus, LPWAN va LoRaWAN, simsiz tarmoq texnologiyalari kabi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar komponentlari asosida takomillashtirilgan mazmuni “5110700 - Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmunida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 89-03-1883-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda zamonaviy tarmoq texnologiyalari bilan ishlashga oid bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalar shakllangan hamda ta’limni raqamlashtirish sharoitida o‘qitish samaradorligining oshishiga erishilgan;
Tarmoq texnologiyalari fanining takomillashgan mazmuni, SMART-texnologiyalarga asoslangan integratsiyalangan o‘quv muhitida o‘qitish metodikasi, hamkorlikda tarmoq ta’lim resurslari yordamida dars mashg‘ulotlarini loyihalash va o‘quv jarayoniga joriy etish, tarmoq texnologiyalariga oid bilimlarni baholash mezonlariga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son qarori, №676-498). Natijada, ota-onalar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida interaktiv aloqani ta’minlash, ularning bilimlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonini metodik ta’minlash imkoniyati yuzaga kelgan;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va SMART-texnologiyalarga asoslangan o‘qitish usullari hamda vositalari bo‘yicha takliflar PZ-2014-0910154408 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarish va uning ilmiy xulosalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2020 yil 3 martdagi 01/15-09/66-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot-ta’lim muhiti takomillashtirilgan.