Rasulova Gulnozaxon Azamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mul`timediali elektron darsliklar yaratish metodikasini takomillashtirish (“Informatika va axborot texnologiyalari” fani misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped640.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Samatov Bahrom Tadjiaxmatovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mul`timediali elektron darsliklar yaratishni nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mul`timediali elektron darsliklarning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan ergonomik tavsifga ega turlicha murakkablik darajasiga ega o‘quv materiallarining mujassamlashuvi, ko‘rgazmalilikning yuqori darajasiga egalik, variativ topshiriqlar majmuasini o‘zida aks ettirish kabi pedagogik-psixologik talablar o‘qitishning interaktivlik va optimallik jihatlarini didaktogen produktivlikka ega bo‘lishini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan mul`timediali elektron darslikni yaratish va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishning modullilik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish, boshqaruvchanlik, moslashuvchanlik kabi tamoyillari o‘qitish jarayonida sub’ekt-ob’ekt ko‘rinishiga ega informatsion o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonlarini kompyuter vositasida qo‘llab-quvvatlashni taqozo etuvchi kursni texnologik ssenariysini tuzish algoritmi bilan identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mul`timediali elektron darslik yaratishning manbalarni to‘plash, sifatni maqbullashtirish, tarkibiy tuzilmani belgilash, gipermatnni loyihalash, intellektual yadroni hosil qilish, o‘rgatuvchi tizimni tarkib toptirish, vizuallashtirish bosqichlarini konstruksiyalash jarayonlarida mul`timediali komponentni uzluksiz korreksiyalash mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
mul`timediali elektron darslikdan foydalanish samaradorligini baholashning sifat mezonlari ta’lim standartlariga muvofiqlik, o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirish imkoniyatiga egalik, o‘quv faoliyatini tashkil etish va ta’limiy natijalarni tashxis etish shakllari bilan uyg‘unlik ko‘rsatkichlarini takroriy qayta aloqaga kirishuv darajasi adekvatligini maksimal hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mul`timediali elektron darsliklar yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
mul`timediali elektron darsliklarning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan ergonomik tavsifga ega turlicha murakkablik darajasiga ega o‘quv materiallarining mujassamlashuvi, ko‘rgazmalilikning yuqori darajasiga egalik, variativ topshiriqlar majmuasini o‘zida aks ettirish kabi pedagogik-psixologik talablarni o‘qitishning interaktivlik va optimallik jihatlarini didaktogen produktivlikka ega bo‘lishini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2846/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan mul`timediali elektron darslikni yaratish va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishning modullilik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish, boshqaruvchanlik, moslashuvchanlik kabi tamoyillarini o‘qitish jarayonida sub’ekt-ob’ekt ko‘rinishiga ega informatsion o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonlarini kompyuter vositasida qo‘llab-quvvatlashni taqozo etuvchi kursni texnologik ssenariysini tuzish algoritmi bilan identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mul`timediali elektron darslik yaratish bosqichlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli (“RUECVET: Rossiya va O‘zbekiston ta’limi va kasbiy ta’limning milliy tizimi uchun (ECVET) sinov birligini (kreditlarni) ko‘chirishning Evropa tizimini pilotlashtirish” (2016-2019 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2846/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul` tizimi sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mul`timediali elektron darsliklarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mul`timediali elektron darslikdan foydalanish samaradorligini baholashning sifat mezonlarini ta’lim standartlariga muvofiqlik, o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirish imkoniyatiga egalik, o‘quv faoliyatini tashkil etish va ta’limiy natijalarni tashxis etish shakllari bilan uyg‘unlik ko‘rsatkichlarini takroriy qayta aloqaga kirishuv darajasi adekvatligini maksimal hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-17-069. “Oliy ta’lim muassasalarining yagona axborot elektron tizimini yaratish va joriy etish” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2846/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda yagona axborot elektron tizimini joriy etish samaradorligini baholash indikatorlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.