Umarova Zaxro Abduraxim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2044
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DS.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Holboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Yakubov Maqsadxon Cultaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga qo‘yilayotgan didaktik imkoniyatlar o‘qitish shakllari, usullari hamda o‘quv jarayonining sub’ektlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish hamda ta’lim jarayoniga dasturiy-intellektual resurs kiritish orqali rivojlantirilgan;
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik modeli “METosphere” texnologiyasi va Blumning raqamli taksonomiyasi bilimlarni tizimli ravishda axborotlashgan jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tendensiyalariga integratsiyalash hamda amaliy yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatning funksional jihatlari muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
talabalar mustaqil ta’limini elektron ta’limiy media muhitda tashkil etish metodikasi kasbiy-dasturiy vositalarni o‘zida mujassam etgan mediaresurslar (axborotni samarali izlash algoritmi, axborotni tahrirlash texnologiyasi, professional taqdimot yaratish, 3D effektli elektron qo‘llanma yaratish, Caption Video tarzida video qo‘llanma yaratish, ijtimoiy mediani yuritish) bazasi bilan to‘ldirilgan interaktiv va do‘stona foydalanuvchi interfeysga ega “METosfera: elektron mustaqil ta’lim media muhiti” dasturiy ta’minoti orqali media ta’lim muhitida mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
talabalarning raqamli, media-axborot kompetentligini intellektual, amaliy, refleksiv yondashuvlarga asoslangan ko‘p bosqichli baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini “peer review” tamoyiliga ko‘ra, “constructive feedback” asosida refleksiya hamda ekspert baholash metodlaridan foydalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga qo‘yilayotgan talablarni pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayonida mediaresurslardan foydalanish, media-axborot kompetentlik (media-information competence), raqamli kompetentlik (digital competence), pedagogik dizayn (instructional design) masalalari bo‘yicha tasniflash hamda tizimlashtirish asosida ilgari surilgan tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02-07-2668/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish mazmuni, didaktik shart-sharoitlari va metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim jarayoni mazmuniga singdirilgan;
talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik modelini interfaol metodlar bilan bir qatorda “METosphere” texnologiyasi va “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani doirasida motivatsion mediaresurslar bilan to‘ldirilgan ta’lim muhiti – “METosfera: elektron mustaqil ta’lim media muhiti”ni qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan tavsiyalar OT-F-1-118 raqamli “Bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02-07-2668/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish modeli mazmuni, kengaytirilgan mediaresurslar bazasi, interfaol metodlar, amaliyotga yo‘naltirilgan loyiha texnologiyasi, “METosphere” texnologiyasini amaliyotga keng joriy etish orqali takomillashtirilgan hamda ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalar mustaqil ta’limini elektron ta’limiy media muhitda tashkil etish metodikasi kasbiy-dasturiy vositalarni o‘zida mujassam etgan mediaresurslar (axborotni samarali izlash algoritmi, axborotni taxrirlash texnologiyasi, professional taqdimot yaratish, 3D effektli elektron qo‘llanma yaratish, Caption Video tarzida video qo‘llanma yaratish, ijtimoiy mediani yuritish) bazasi bilan to‘ldirilgan interaktiv va do‘stona foydalanuvchi interfeysga ega “METosfera: elektron mustaqil ta’lim media muhiti” dasturiy ta’minoti orqali media ta’lim muhitida mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02-07-2668/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun yaratilgan, moslashuvchan, talabalarning mustaqil ta’lim olish imkonini beruvchi “METosfera: elektron mustaqil ta’lim media muhiti” uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining takomillashgan mazmuni asosida o‘zbek tilidagi mediaresurslar bazasi kengaytirilgan hamda dasturiy ta’minotga singdirish va amaliyotga joriy etish orqali mustaqil ta’lim jarayonida talabalar tomonidan axborotlarni idrok qilinish samaradorligi ortishiga xizmat qilgan;
talabalarning raqamli, media-axborot kompetentligini intellektual, amaliy, refleksiv yondashuvlarga asoslangan ko‘p bosqichli baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini “peer review” tamoyiliga ko‘ra “constructive feedback” asosida refleksiya hamda ekspert baholash metodlaridan foydalangan holda takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar OT-F-1-118 raqamli “Bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02-07-2668/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda raqamli va media-axborot kompetentligini rivojlanganlik darajasini samarali baholash hamda raqamli va media-axborot kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.