Ergashev Abdiolimning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligining umumo‘zbek eposi taraqqiyotidagi o‘rni”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil272.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Mamatquli, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umrzoq, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Jappor Salievich, filologiya fanlari doktori, professor; Yormatov Isomiddin Turg‘unovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dostonchilikning kelib chiqish va rivojlanish jarayonlari, poetik maktablarning va baxshi-shoirlarining epik an’anada o‘zaro o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari, repertuar boyligi bilan umumo‘zbek dostonchiligi rivojiga qo‘shgan hissasi, an’ananing davom etishi va so‘nish jarayonining kuchayishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Janubiy O‘zbekiston dostonchiligining qadimiyligi, epik an’analarning ikki voha hududidagi poetik maktablararo o‘xshashliklar va farqli jihatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilib, ijroda, sozga munosabatda, repertuarda individuallik xususiyatlari va baxshi-shoirlarning ijodiy hamkorliklari hamda aloqalari dalillangan;
umumo‘zbek eposiga xos o‘xshashliklar, doston ijrosi, repertuari, soz va so‘zga munosabati respublikamizning boshqa hududlaridagi dostonchilik maktablariga monand tomonlar va o‘ziga xosliklar, epik ijodiyotning bu viloyatlarda jonli jarayonda yashovchanlik sabablari ochib berilgan;
dostonlarni turkumlash va ta’riflashda mavjud nazariy xulosalarga qo‘shimcha holda eposning hozirgi vaqtda jonli jarayonda yashash tarzi haqida mulohazalar bildirilgan va boshqa hududlarda uchramaydigan o‘ndan oshiq dostonlar ilmiy muomalaga kiritilgan;
“Go‘ro‘g‘li” silsila dostonlarining yangidan turkumlanishi va epik qahramonlar oilaviy shajarasini asoslash orqali ushbu holatning baxshilar savodxonligi hamda an’ananing saqlanishiga ta’siri ochib berilgan;
dostonchilikdagi so‘nish jarayonining turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ob`ektiv va sub`ektiv sabablari, ikki vohadagi holat sharhi va soxta dostonlarning yaratilayotgani kabi masalalar nuqtai nazaridan postfol`klor oqibatlari yaxlit tarzda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimiy dostonchilik an’analarining hozirgacha jonli jarayonda Janubiy O‘zbekistonda saqlanib turishi, bugungi holati, xalq dostonlarining ijro usullari, yo‘llari, dostonchilik maktablari va har bir poetik maktabga xos repertuarining mavjudligi, epik an’ana, mahorat, dostonlarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, ijtimoiy o‘zgarishlar, yangilanishlar bilan bog‘liqligi, baxshilar ijodkorligi bo‘yicha to‘plangan natijalar asosida:
o‘zbek xalq dostonlaridan tuzilgan “Go‘ro‘g‘lining bolaligi” nomli 23-jild hamda “G‘oyibnoma” 49-jildlarini tayyorlashda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi OT-F1-76 raqamli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 22 noyabrdagi 3/1255-3245-son ma’lumotnoma). Natijada o‘zbek xalq ijodi yodgorliklari, jumladan, Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligining umumo‘zbek eposi tarqqiyotidagi o‘rni masalalarini o‘rganishga erishilgan;
“Alpomish” dostonining qardosh versiyalarini qiyosan tadqiq etishda, baxshilik san’ati, dostonchilik maktablariga xos belgi va xususiyatlarni aniqlashtirishda, xalq dostonlari va afsona rivoyatlaridagi baxshi obrazini qiyosan tadqiq etishda, dostonlardagi epik formulalarning genezisi, mifologik ildizlari xususidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tekshirish institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish (2017-2020)” mavzusidagi fundamental tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 18 noyabrdagi 358/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dostonchilik maktablarining o‘ziga xos jihatlari va o‘xshash tomonlari, fol`klor na’munalarini yozib olib olish xususiyatlari va yo‘llari, baxshilar repertuarini o‘rganish usullari, dostonlarda milliy qadriyatlarning yoritilish sohasida yangi ilmiy qarashlarni shakllantirishda yordamchi vosita sifatida qo‘llanilgan;
fol`klorni, xususan, xalq dostonchilik an’analarini saqlash, davom ettirishda asriy ustoz-shogirdchilik munosabatlarni uzlyuksiz davom ettirish, baxshining ijro usuli va yo‘llarini atroflicha tadqiq etish bu sohadagi o‘zgarishlarni kuzatib boorish, badihago‘y, ijrochi, havaskor baxshilarni aniqlab baholash hozirgi kunda har qachongidan muhim ekanligi haqida ilmiy nazariy xulosalardan foydalanish baxshichilik sohasidagi barcha tadbirlarda, XT-F2-004 raqamli yosh olimlar fundamental ilmiy tadqiqotlarini madaniyat sohasida bajarishida Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasining 2020 yil 2 noyabrdagi 07-660-son ma’lumotnomasi). Natijada ustoz-shogirdchilik an’analarini izchil davom ettirishga, baxshilarning epik xotirasini, epik bilimini, sozandalik mahoratini, ijodda so‘z, soz va ovoz uyg‘unligini to‘g‘ri baholashga, baxshichilik sohasidagi turli tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirishga erishilgan.
O‘zbek xalq dostoni, xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo dostonchiligi va baxshichilik san’atining tarixiy taraqqiyoti, rivojlanishi, hozirgi vaqtda Janubiy O‘zbekistonda jonli ijroda davom etayotgan, baxshilarning ijrochilik va shogirdlik mahoratini o‘rganish ishlarini keng jamoa orasida targ‘ib qilishda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 1 dekabr` 2021 yildagi 12-15/368-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Reportaj”, “Fayzli kun” hamda “Qadriyat” teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda doimiy foydalanishga erishilmoqda.