Zakirova Madina Rinatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining kreativ axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish (xalq ta’limi tizimi rahbarlarining malaka oshirish kurslari misolida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1047.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining kreativ axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetentligiga qo‘yiladigan malaka tavsiflari tarkibi axborot va menejerlik qobiliyatlarni integrativ uyg‘unligini ta’minlovchi raqamli texnologiyalar asosida innovatsion axborot-boshqaruv muhitini shakllantirish talabini kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktab direktorning boshqaruv faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish samadorligi boshqaruv jarayonidagi “vertikal” va “gorizontal” kommunikatsiyalarni bulutli hizmatlar (cloud computing)ning moslashuv, operativ va virtuallashtirish imkoniyatlari asosida integratsiyalash va uzluksizligini ta’minlashga imkoniyat yaratuvchi innovatsion axborot-boshqaruv muhitini yaratilishi bilan asoslangan;
boshqaruv kompetentlikni uzluksiz ta’lim tizimida rivojlantirish mexanizmi axborot-kommunikatsion kompetensiyalarni dinamik ravishda murakkablashtirib borish asosida axborot-boshqaruv muhitini rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan malaka oshirish kurslarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan boshqaruv faoliyatda foydalanish kompetensiyalarini baholash mezonalari tarkibi “boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish”, “boshqaruvga oid axborot jarayonlarini optimallashtirish” hamda “axborot-menejerlik motivlarni rivojlantirish” asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining malaka oshirish kurslarida kreativ axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarida axborot va menejerlik qobiliyatlarni integrativ uyg‘unligini ta’minlovchi raqamli texnologiyalar asosida innovatsion axborot-boshqaruv muhitini shakllantirish talabi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 193-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va malaka talablari tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i bilan tasdiqlangan rahbar kadrlarning malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 02-02/3-2614-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlariga qo‘yilgan talablar axborotlashgan jamiyatning talablariga moslashtirilgan;
boshqaruv jarayonidagi “vertikal” va “gorizontal” kommunikatsiyalarni bulutli hizmatlar (cloud computing)ning moslashuv, operativ va virtuallashtirish imkoniyatlari asosida integratsiyalash va uzluksizligini ta’minlashga imkoniyat yaratuvchi innovatsion axborot-boshqaruv muhitini tashkil etish mexanizmi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 30 martdagi “Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 95-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Upgrade” loyihasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 02-02/3-2614-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida takomillashtirishga imkoniyat yaratildi;
boshqaruv kompetentlikni uzluksiz ta’lim tizimida rivojlantirishiga qaratilgan axborot-kommunikatsion kompetensiyalarni dinamik ravishda murakkablashtirib borish orqali axborot-boshqaruv muhitini rivojlatirishiga qaratilgan malaka oshirish kurslari Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 50-son, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 11/15-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 49-son qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan malaka oshirish dasturiga kiritilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 02-02/3-2614-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarini malakasini oshirish kurslarining sifati ta’minlangan;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan boshqaruv faoliyatda foydalanish kompetensiyalarini boshqaruv jarayonlarinida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni bilish va ulardan foydalanish talabi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 8 fevraldagi 43-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorning kasb standartiga kiritilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 02-02/3-2614-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlariga qo‘yilgan talablari takomillashtirilgan.