Turaev Akramjon Ikromjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq elektr ta’minoti tizimi taqsimlash tarmoqlariga quyosh fotoelektrik stansiyasi ulanishini asoslash”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1827
Ilmiy  rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Boltaev  Otabek Tashmuxammatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh fotoelektrik stansiyalarini qishloq elektr ta’minoti tizimidagi taqsimlash tarmoqlariga ulanishini ta’minlash va samaradorligini oshirish uchun quvvat nazorati tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq elektr ta’minoti tizimidagi taqsimlash tarmog‘iga ulangan quyosh fotoelektrik stansiyasining maksimal quvvat uzatish usuli kuchlanish miqdori o‘zgarishi hisobga olinib takomillashtirilgan;
quyosh fotoelektrik stansiyasi invertorining aktiv quvvatini chegaralash orqali elektr tarmog‘iga reaktiv quvvat berish imkoniyati  asoslangan;
quyosh fotoelektrik stansiyasining elektr tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi “Anti-islanding” rejimi chastotani hisobga olib takomillashtirilgan;
quyosh fotoelektrik stansiyasi umumiy ulanish nuqtasida nosinusoidallik koeffisientini hisobga olib aktiv va reaktiv quvvat nazorati tizimi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq elektr ta’minoti tizimidagi taqsimlash tarmoq parametrlarini hisobga olgan holda quyosh fotoelektrik stansiyasini ulash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
quyosh fotoelektrik stansiyasida maksimal quvvat olish nuqtasini aniqlash tizimi joriy qilish uchun Namangan viloyati Pop tumanidagi “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ga tegishli bo‘lgan “Marguzor” podstansiyasi 6 kV lik Mirobod fideriga ulangan TP №-216 (SN=250kVA, Utr=6/0,4 kV) taqsimlash elektr tarmog‘i malumotlaridan foydalanilgan va shu erning o‘zida qo‘llanilgan (O‘zR Energetika vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi №-03-26-62-sonli ma’lumotnomasi), natijada quyosh fotoelektrik stansiyasining o‘rtacha kunlik samaradorligi 10,2% oshirishga erishilgan;
quyosh fotoelektrik stansiyasida quvvat nazorati usulini Namangan viloyati Pop tumanidagi  taqsimlash elektr tarmog‘ida qo‘llanilgan (O‘zR Energetika vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi №-03-26-62-sonli ma’lumotnomasi), natijada quyosh fotoelektrik stansiyasining o‘rtacha yillik samaradorligi 1,1 barobarga oshirish imkonini bergan;
quyosh fotoelektrik stansiyasi energotejamkorligi Namangan viloyati Pop tumanidagi taqsimlash elektr tarmog‘ida qo‘llanilgan (O‘zR Energetika vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi №-03-26-62-sonli ma’lumotnomasi). Umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan 128 kVt quvvatlik quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun bir yilda 106 200 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish