Turaev Ruhiddin Amirqulovichning
fan doktori (DSc) doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan erlar monitoringini yuritish metodologiyasini takomillashtirish», 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/T460.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Avezbaev Sadulla, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisod fanlari doktori, professor Safarov Eshqobil Yuldashevich, qishloq xujaligi fanlari doktori, professor Qurvantoev Raxmontoy, qishloq xujaligi fanlari doktori, professor Norqulov Usmonqul.
Yetakchi tashkilot - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliyahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan erlari monitoringini yuritish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar va «Er axborot tizimi» dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er fondi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqadorlikni inobatga olgan holda sug‘oriladigan erlar monitoringini boshqarish tizimi asoslangan;
sug‘oriladigan erlar monitoringini miqdoriy jihatdan yuritish metodologiyasi zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi elektron raqamli xaritalarida hududlar kesimida er uchastkasiga takrorlanmas kontur raqamini avtomatlashgan tizim asosida berish mexanizmi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlari to‘g‘risidagi kompleks ma’lumotlarni geovizuallashtiruvchi ««Yer axborot tizimi» YAT» nomli ochiq portali ishlab chiqilgan.
qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritilgan sug‘oriladigan er maydonlarida almashlab ekish mexanizmini inobatga olgan holda ekin turlarini joylashtirish uslubi takomillashtirilgan;
dehqonchilik tizimlarini qo‘llash maqsadida xususiylashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash usuli geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan erlar monitoringini yuritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan erlar monitoringini boshqarish tizimi va uni miqdoriy jihatdan yuritish metodologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 02/022-4826-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy qilingan mazkur tizim va metodologiya respublikaning sug‘oriladigan erlari monitoringini yuritishda, er munosabatlarini tartibga solishda, ulardan samarali va oqilona foydalanishda ilmiy-amaliy va uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
qishloq xo‘jaligi elektron raqamli xaritalarida hududlar kesimida er uchastkasiga takrorlanmas kontur raqamini avtomatlashgan tizim asosida berish mexanizmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 02/022-4826-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan monitoring tadqiqotlariga asoslanib, respublikaning 34 tumanida kosmosuratlar yordamida deshifrovkalash ishlari bajarilgan bo‘lib, har bir tuman hududida ilk bor tuman bo‘yicha takrorlanmas kontur raqami berildi. Shu bilan birga qishloq xo‘jalik er turlarining aniq hisobini yuritish imkoni yaratilgan.
qishloq xo‘jaligi erlari to‘g‘risidagi kompleks ma’lumotlarni geovizuallashtiruvchi ««Yer axborot tizimi» YAT» nomli ochiq portali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 02/022-4826-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ochiq portalda hujjatlar tizimini raqamlashtirishga erishilgan va shaffof mexanizm yaratilgan, jumladan, respublikaning viloyat, tuman, MFY, massiv kesimida erdan foydalanuvchilar, ularning kontur chegaralarini belgilash, real vaqtdagi maydonlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan ochiq foydalanish imkonini yaratgan.
ekin turlarini joylashtirish uslubi va xususiylashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 02/022-4826-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yilda respublika miqyosida jami 1 227 ta 1:10 000 masshtabli er tuzish va er monitoringi ishlari loyihalari ishlab chiqilib, bunda jami qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan erlar 165 671 gektarni, shundan, qishloq xo‘jaligi foydalinishidan chiqib ketgan erlarni o‘zlashtirish hisobiga 91 191 ga, er osti suv zahirasi mavjud bo‘lgan er maydonlarni o‘zlashtirish hisobiga 74 480 gektar maydon ishlab chiqarishga kiritilgan va ularga turli qishloq xo‘jalik ekin turlarini joylashtirishga erishilgan. Shu bilan birga respublikamizda boshlangan xususiylashtirish uchun qishloq xo‘jaligi erlarini me’yoriy qiymatini aniqlash usuli orqali qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan sug‘oriladigan erlarda, er resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tezkor ma’lumotlarni taqdim etish imkonini bergan.