Abdul`myanova Liliya Il`yasovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston dorivor o‘simliklari endofit zamburug‘larning xilma-xilligi va biologik faolligi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/B48.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamova Tashxon Gafurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01. 
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, biologiya fanlar doktori, professor; Myachina Ol`ga Vladimirovna, biologiya fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bioaktiv birikmalarning yangi potensial manbai sifatida O‘zbekistonning turli xududlarida o‘sadigan dorivor o‘simliklar endofit zamburug‘larining tarqalishi, xilma-xilligi va xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning turli hududlarida uchraydigan  28 ta o‘simlik misolida EZning boy xilma-xilligi (200 dan ortiq shtammlar) shu jumladan, 20 ta avlod 45 ta turga mansubligi aniqlanib, o‘simliklarda umumiy EZ izolyatlarining 33% barglarda, 26% poyalarda va 21% ildizlarda uchrashi kuzatilgan holda endofitlar tizimli yashash muhitining o‘ziga xosligi ildizlarda fuzarium va akremoniylar, poyalarda aspergillar va penisillium, barglarda alternariylar ustunlik qilishi taqsimlanishi bilan asoslangan;
dominant avlodlarga Aspergillus - 32%, Alternaria - 17%, Penicillium – 14%, Acremonium - 10%, Fusarium va steril miseliyli izolyatlar - 8% tashkil etgan hamda ilk bor O‘zbekistonda avval aniqlanmagan  24 ta noyob EZ turlari ajratib olingan, shuningdek,  Respublikamizning barcha o‘rganilgan tumanlarida o‘sadigan 8ta oilaga mansub 13 ta o‘simlikning  noyob turlari aniqlangan;
EZ 30% shartli-patogen test-kul`turalariga: E.coli, S.aureus, P.aeruginosa, B.subtilis va C.albicansga nisbatan antibakterial faollikka egaligi va M.officinalis, A.filidens, C.cristata, H.tuberosus va P.Harmaladan ajratilgan 6 ta EZ bir vaqtning o‘zida 3 ta test-kul`turalarga nisbatan antibakterial faolligi hamda T.microspora-MO46Lning biofaol metabolitlari tarkibida terpen va saponinlar aniqlangan;
Vinca va Allium avlodlariga mansub bo‘lgan o‘simliklarning 34 ta EZ metabolitlarining bachadon bo‘yinchasi (HeLa) hiqildoq (NEr-2) va ko‘krak bezi (HBL-100) karsinomasiga nisbatan sitotoksik faolligi aniqlangan hamda bo‘rigulning 9 ta EZlar faolligi saratonga qarshi «Cisplatin» preparatining ta’sir darajasida bo‘lishi kuzatilgan. Alternaria sp. – VM84L, P. concavoradulozum - VE89L, A. terreus - VE90R, C. cladosporoides - VE92L, A. amstelodami–VR177Lning saratonga qarshi faollik xususiyatlari vinkristin va vinblastin ishlab chiqarishi asoslangan;
rayxon, yalpiz va za’faronlar kabi cho‘l  zonasida o‘sadigan  o‘simliklaridan inson qonining protrombin vaqtini 300 soniyadan ko‘proq oshiradigan ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqarishi bo‘yicha antikoagulyant xususiyatlarga ega bo‘lgan  4ta EZlar: Acremonium sp. - OB2S, Alternaria sp. - OB6L, Acremonium sp. - MP13R va Alternaria sp. - CS53 tanlab olingan;
in vitro tizimida pankreatik α-amilaza faoliyatini 80%gacha susaytiradigan kungaboqar, xo‘roz nashtari va filamentli piyozidan  EZ aniqlangan. A.egypticus - HT166S, P.brevicaule alba - CC200 va A.terreus - AF104S ekstraktlari akarboza (30mg) nisbatan past IC50 qiymati (20-25mg) bilan farq qilinib, C.cristata (Amarantlilar oilasi)dan ajratilgan  P.brevicaule alba-CC200ning umumiy ekstraktlarini klinik oldi sinovlarida alloksan-indusirlangan diabetli tajriba hayvonlarida o‘tkazilganida samarali gipoglikemik ta’sirini namoyon etgani aniqlangan;
to‘q septirlangan EZ: Alternaria sp.-FFL63, Ulocladium sp.-FFL64, S.minorum-VMR83, Alternaria sp.-HTL193, Cladosporium sp.-HT206lar 20-30% melanin tabiatli pigmentlar to‘plashi aniqlangan. S.minorum - VMR83da melanin ishlab chiqarash 30%ni, shu bilan birga 30% lipidlar (mono-, di- va trigliseridlar yig‘indisi)ni hosil qilishi aniqlangan;
tanlab olingan EZ o‘stirish sharoitlarini optimallashtirish natijasida antibakterial va sitotoksik birikmalar ishlab chiqarishni regulyasiyalash imkoniyati aniqlangan hamda xo‘jayin-o‘simlik (V.rosea) hujayra ichidagi metabolitlari va epigenetik modifikatori P.concavoradulozum-VE89L va A.amstelodami–VR177L vinka alkaloidlar darajasining bir necha bor o‘sishiga hissa qo‘shishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston dorivor o‘simliklari endofit zamburug‘larning xilma-xilligi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrolitik fermentlar produsenti A.terreus Thom Uz CF-461 endofit zamburug‘i shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№ IAP 06366, 2020). Natijada, fitopatogenlarning ho‘jayra qobig‘i hamda sanoat va o‘simlik chiqindilari polisaxaridlarini gidrolizlash uchun endo, ekzo-1,4-β-glyukanaza, ksilanaza, aviselaza, xitinaza va proteazalar gidrolitik fermentlar kompleksining produsentini namoyon etish imkonni bergan;
Celosia cristata, Allium filidens va Helianthus tuberosus o‘simliklaridan eng faol Penicillium brevicaule alba – SS200, Aspergillus terreus - AF104S, va Aspergillus egypticus - HT166S ajratib olingan EZ shtammlaridan №FA-A6-T109 “O‘zbekiston dorivor o‘simliklarining EZ metabolitlari - α-amilaza ingibitorlari sifatida” amaliy loyihasida α-amilaza ingibitorlovchi ikkilamchi metabolitlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 11 oktyabr` 4/1255-2773-son ma’lumotnomasi). Natijada, gipoglikemik xususiyatlariga ega bo‘lgan preparatlarini olish texnologiyasi bo‘yicha laboratoriya reglamentini ishlab chiqish imkonini bergan;
Allium, Celosia, Ferula, Helianthus va Vinca avlodlariga mansub bo‘lgan o‘simliklardan ajratib olingan EZning xilma-xilligi va xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida olingan ma’lumotlardan yuqori impakt-faktorli (IF) 7 ta xorijiy jurnallarda antibakterial, antikanserogen, antidiabet xususiyatlarini aniqlash hamda epigenetik modifikatorlarni qo‘llanilishida foydalanilgan: Agriculture (2020); IF-2.072, ISSN2077-0472, (Scopus); South African Journal of Botany (2020), IF-2.29, ISSN 0254-6299, (Scopus), Journal of Food and Nutrition Research (2020), IF-1.308, (Scopus), Industrial Crops and Products 139 (2019) 111511, IF-4.191, ISSN0926-6690, (Scopus), Journal Mycosphere, 10(1):798-1079 (2019), IF-2.015, ISSN2077000, (Scopus), Frontiers in Microbiology, (2018), IF-4.235, (Scopus), Microbial Biotechnology (2017), IF-5.328, ISSN1751-7915, (Scopus), Journal Acta Pharmaciae Indonesia, (2018), 6 (1)12-19, ISSN 2337-8433, E-ISSN 2621-4520 (Web of Science). Natijada, ushbu mamlakatlarda turli o‘simliklar EZning yangi bioaktiv xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish