Kurbanov Baxtiyor Toxtaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda atrof-muhit holatini zamonaviy GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida tahlil qilish va baholash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Gr30.
Ilmiy maslahatchi: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bahritdinov Bahodir Arifovich, geografiya fanlari doktori, professor; Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Gapparov Furqat Axmedovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalarini qo‘llash asosida O‘zbekistonda atrof-muhit holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini aniq ortorektifikatsiya qilish texnologiyasi rel`ef effektining ta’sirini hisobga olgan holda, O‘zbekiston hududi uchun ishlab chiqilgan;
deshifrovka namunalari banki GAT texnologiyalari asosida ishlov berilgan yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldoshlar tasvirlaridan foydalangan holda yaratilgan;
iqlim, tuproq resurslari xamda cho‘llashish jarayonlarining ta’sirini ifodalovchi mavzuli kartalar GAT texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan, ularni kompleks tahlil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
atmosfera havosining ifloslanganlik holatini tezkor tahlil qilishning bioindikatsiya usuli ishlab chiqilgan.
GAT-texnologiyasi asosida uch o‘lchamli modellashtirish usullaridan foydalanilgan holda avtomatlashtirilgan rejimda sho‘r qochirish tarmoqlari va bosh trakti loyihasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda atrof-muhit holatini GAT texnologiyalarini qo‘llash yordamida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy yo‘ldoshlar tasvirlarini, rel`ef effektini hisobga olgan holda, aniq ortorektifikatsiya qilish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida (Kadastr agentligida) er kadastrini yuritishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 15 fevraldagi 03-08-723-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
GAT texnologiyalar asosida ishlov berilgan yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldoshlar ma’lumotlarini deshifrovka qilish namunalari bankidan ekin maydoni holatini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 15 fevraldagi 03-08-723-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomatlashtirilgan davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
iqlim, tuproq resurslari xamda cho‘llashish jarayonlarining mavzuli kartalari hamda ularni kompleks tahlil qilish texnologiyalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida atrof muhit holatini zamonaviy integrallashtirilgan GAT texnologiyalari asosida baholash va tahlil qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 12 apreldagi 04-02/8-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda ekologik vaziyatni baholashning qulay, tezkor va samarador yuritish imkonini bergan;
atmosfera havosi holatini baholashning bioindikatsiya usuli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida ekologik vaziyatni tahlil qilishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 martdagi 01/04-785-son ma’lumotnomasi). Natijada, atmosfera havosining ekologik holatini tezkor tahlil qilish va baholash imkoniyati yaratilgan;
suv obektlari monitoringi yuritish va suv omborlari akvatoriyalarini suv omborlari qirg‘oqlarini emirilish darajasiga ko‘ra raqamli rayonlashtirish kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 12 apreldagi 04-02/8-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika suv omborlariga shikast etkazuvchi omillar ta’sirining tezkor oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini aniqlash imkoni yaratilgan;
erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida GAT texnologiyalari asosida avtomatlashtirilgan loyihalash usullari va uch o‘lchovli modellashtirish usullaridan foydalangan holda, erning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida sho‘r qochirish tarmoqlarini loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2021 yil 11 martdagi 375/01-22 son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish darajasini oshirish va aholi turmush darajasini oshirish imkonini bergan.