Jo‘raev Sirojiddin Turdiqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning introgressiv duragay va tizmalarning O‘zbekistondagi har xil tuproq-iqlim sharoitlarda bo‘lgan adaptiv potensialidan foydalanish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/V145.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdieva Saida Abdisamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01. 
Rasmiy opponentlar: Boboev Sayfulla G‘ofurovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qaxxorov Izzat Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiyxodim; Axmedov Djamolxon Xojaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitida adaptiv navlarni tanlash va yaratish maqsadida irsiy boyitilgan introgressiv duragay va tizmalarning qimmatli-xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanlik darajasi va korrelyativ bog‘liqligini aniqlash asosida  yangi boshlang‘ich manbalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitida introgressiv F2-F4 duragay va tizmalarida qimmatli xo‘jalik belgilarining moslanuvchanlik imkoniyati aniqlangan; 
turli ekologik sharoitlarda irsiy boyitilgan introgressiv F2-F4 duragay va tizmalarning qimmatli-xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanlik darajasi isbotlangan;
g‘o‘zaning introgressiv F2-F4 duragay va tizmalari qimmatli xo‘jalik belgilarining genotip/muhit o‘zaro ta’sir berilishi va korrelyativ bog‘liqlik har xil ekologik sharoitlarda turlicha bo‘lishi isbotlangan;
yangi introgressiv T-681, T-595, T-705, T-998 tizmalari Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari tuproq-iqlim sharoitida Verticillium dahliae zamburug‘iga nisbatan zararlanish ko‘rsatkichi 5,3-7,3 % ekanligi aniqlangan; 
turli tuproq-iqlim shariotlarda g‘o‘zaning introgressiv F2-F4 duragay va tizmalarning populyasiyalarida hosildorlik va qimmatli xo‘jalik belgilar shakllanish qonuniyatlari aniqlangan;
ekologik-genetik imkoniyatlarini respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitida o‘rganish asosida populyasion genetikaning g‘o‘zada transgressiyalar, genotip va atrof muhitning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olingani isbotlangan;
Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari tuproq-iqlim sharoitlariga mos boshlang‘ich ashyolar ajratib olingan hamda qimmatli-xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega yangi o‘rta tolali g‘o‘zani S-6782 navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘zaning introgressiv duragay va tizmalarning O‘zbekistondagi har xil tuproq-iqlim sharoitlarda bo‘lgan adaptiv potensialidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
introgressiv T-68l, T-765, T-535, T-956 va T-705 tizmalari №MV-A-QX-2018-205 «G‘o‘zaning introgressiv shakllar asosida olingan duragay va tizmalarning O‘zbekistondagi har xil tuproq-iqlim sharoitlarda bo‘lgan adaptiv potensialidan foydalanish orqali hosildor navlar yaratish» loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 02/020-2804-son ma’lumotnomasi). Natijada, viltga bardoshli va moslanuvanlik imkoniyati yuqori hosil bo‘lgan tizmalarni ajratib olish va ular bilan seleksiya ishlarini olib borish imkonini bergan;
g‘o‘zning introgressiv T-68l, T-765, T-535, T-956 va T-705 tizmalari «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ekti kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 4/1255-2987-son ma’lumotnomasi). Natijada, introgressiv tizmalar g‘o‘za kolleksiyasini boyitish, tashqi muhitning noqulay omillariga moslasha oladigan va irsiy jihatdan boyitilgan namunalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish  imkoninin bergan;
o‘rta tolali “S-6782” g‘o‘za navi 2020 yil Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Mustaqil Alimardon” Furqat tumani “To‘xtashev Asadbek” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 4 noyabrdagi 01/04-2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezpishar, viltga bardoshli, andoza navga nisbatan tola chiqimi yuqori (4,8-5,3%) va hosildorlik qo‘shimcha 3,9-4,2 s/ga hosil olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish