Aliev Dilmurod Davronovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/B92.
Ilmiy maslahatchilar: Rajamurodov Zayniddin Turapovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti huzuridagi DSc.06/30.12.2019.V.12.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Shirinova Inobat Anvarovna, biologiya fanlari doktori; Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Baxtiyar, veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo suri va serpusht tipdagi qorako‘l qo‘ylarining biologik, mahsuldorlik salohiyatini takomillashtirish asosida tarmoq samaradorligini oshirishni ta’minlovchi takomillashtirilgan seleksion usullar va innovatsion ishlanmalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari rangbarangligining ifodalanishini belgilovchi melanogenez jarayonlarini boshqarishda fermentlarning ta’siri aniqlangan;
qorako‘l qo‘ylari seleksiyasining natijadorligini ob’ektiv baholash usullari orqali ularning mahsuldorligining oshishi aniqlangan;
organizmdagi nuklein kislotalar va fermentlar faolligi asosida qorako‘l qo‘ylarining  hayotchanligi aniqlangan;
serpusht tipdagi qorako‘l qo‘ylarining organizmida fermentlar va kaliy miqdori konsentratsiyasining ritmi aniqlangan;
Surxondaryo sur va serpusht tipdagi qo‘zilarning 3-5 kunlik yoshida nuklein kislotalar, fermentlar va kaliy miqdorlari, faolligini aniqlash va tanlash asosida ularning mahsuldorligini va hayotchanligini aniqlashning birlamchi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarini genofondini saqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Respublika Qorako‘lchilik uyushmasining 2019 yil 10 iyundagi 39/01-115-son ma`lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma sur rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlash va mahsuldorliklarini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
yangi ekologik xududlarda original rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylarining suruvini yaratish va takomillashtirish usullari Surxondaryo viloyati Qumqurg‘on tumanidagi «Bobotog‘-suri» masuliyati cheklangan jamiyat va «Xushboq Orif qorako‘lchilik» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/23-384-son ma’lumotnomasi). Natijada, original sur rangbaranglikdagi qo‘ylar salmog‘i va har bir terilardan olinadigan sof foydani 20-25 foizga oshirish imkonini bergan;
serpusht tipdagi qorako‘l qo‘ylarining biologik xususiyatlaridan foydalanib ularni urchitishning yangi seleksion testlari «Tutli qorako‘l zamin» masuliyati cheklangan jamiyati va «Tosh polvon botirlari» fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/23-384-son ma’lumotnomasi). Natijada, qorako‘l terilarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan; 
Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarida mahsuldorlik belgilarini shakllanishida nuklein kislotalar tabiatining ahamiyati hamda kaliy miqdorining fiziologik jihatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan seleksion testlar fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/23-384-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik salohiyati takomillashib serpusht tipdagi qorako‘l qo‘ylarining bir siklda otalanishi, naslli qo‘chqorlarning qayta urchish xususiyatini 15-20 foizga oshirish imkoninii bergan;
sur rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylar genofondini saqlash va uni urchitishning celeksion texnologik tizimi Surxondaryo viloyati Qo‘mqo‘rg‘on tumani «Xushboq Orif» fermer xo‘jaligi va «Bobotog‘-suri» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Respublika Qorako‘lchilik uyushmasining 2019 yil 10 iyundagi 39/01-115-son ma`lumotnomasi). Natijada, qorako‘l qo‘ylarini qayta urchish qobiliyatini yaxshilanib, uning samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish